CHARM BUYUMLARINI KONSTRUKSIYSLASH TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI

CHARM BUYUMLARINI KONSTRUKSIYSLASH TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI




Charm buyumlarini kontruktsiyalash va texnologiyasi kafedrasi
Kafedra mudiri: 
Juraev A.M. 
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Telefon: (0 371) 253 63 41
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 
5 uy, 3-bino
E-mail: 
chbtd@titli.uz

       KAFEDRA TARIXI

     "Charm buyumlarini konstruksiyalash texnologiyasi" kafedrasi 1969 yilda tashkil topgan. Tikuv texnologiyasi kafedrasini bo‘linishi  asosida tashkil topgan, ammo mutaxassislik 1961-yilda ochilgan (kechki o‘quv shakli asosida). Mazkur mutaxassislik bo‘yicha ilk bor birinchi diplom himoyalari 1967 yilda bo‘lgan. Kafedra tashkil topgan kundan to 1979 yilgacha  va 1988-1990 yillarda dots.S.H.Husnitdinov, dots. A.A.Haydarov (1979-1986, 1990-1994), dots. V.K.Makaricheva (1986-1988), prof. S.S.Maksudov (1994-1996), prof. H.K.Tursunov (1996-2002, 2007-2008) kafedraga rahbarlik qilganlar. K.I.Abulniyozov (2002-2006, 2008-2010). A.A.Haydarov (2011). N.B.Mirzayev (2011). Akmal Toshev(2011-2018). kafedraga rahbarlik qilgan  va hozirgi davrda t.f.f.d. dots. A.M. Djuraev rahbarlik qilmoqda. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari orasida "Charm buyumlarni konstruksiyalash  texnologiyasi" mutaxassisligi bo‘yicha tayanch kafedra hisoblanadi.

KAFEDRADA QUYIDAGI YO'NALISHLAR BO'YICHA MUTAXASSISLIKLAR TAYYORLANADI:

  BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI:

5320900 – "Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi" (charm va mo‘yna buyumlari) va (teri va mo‘ynaga ishlov berish) 
5321500 - "Texnologiyalar va jixozlar" (charm va mo‘yna) va (poyabzal va charm-attorlik) 

  MAGISTRATURA TA’LIM YO‘NALISHI:

5A320903 – “Charm va mo‘yna buyumlari texnologiyasi va konstruktsiyasini ishlash”
 
KAFEDRADA O'QITILADIGAN FANLAR:

  BAKALAVR YO'NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:

  • Amaliy antropologiya va biomeхanika
  • Texnologik jarayonlarni loyihalash
  • Charm buyumlarini ishlab chiqarish jihozlari
  • Charm buyumlarini loyihalashning avtomatlashtirilgan sistemasi
  • Charm buyumlari ishlab chiqarish jarayonlarining asoslari
  • Charm buyumlari ishlab chiqarish jarayonlarini kimyolashtirish
  • Charm buyumlar teхnologiyasi
  • Charm buyumlarni konstruksiyalash
  • O‘quv ustaхonasi
  • Charm va mo‘yna xom-ashyolariga dastlabki ishlov berish
  • Charm va mo‘yna jarayonlari apparatlari
  • Oqsillar texnologiyasi
  • Tarmoq kimyoviy materiallari
  • Charm va mo‘ynani pardozlash
  • Charm va mo‘yna teхnologiyasi
  • O‘quv laboratoriyasi

    MAGISTRATURA YO'NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:

  • Charm buyumlarini konstruksiyalash nazariyasi va hisobi
  • Charm buyumlari teхnologiyasi nazariy asoslari
  • Charm va mo‘ynani badiiy pardozlash
  • Charm va mo‘yna kimyoviy teхnologiyasi
  • Charm buyumlarini ishlab chiqarish korхonalarini loyihalash
  • Charm va mo‘yna jarayonlarini apparatlari va agregatlari
  • Texnik nazorat va sifatni boshqarish

      KAFEDRA A'ZOLARI:

  • Juraev A.M. - texnika fanlari doktori, kafedra mudiri
  • Qodirov T.J. - texnika fanlari doktori, professor
  • Maksudova U.M. - texnika fanlari nomzodi, professor
  • Toshev A.Y. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Xaydarov A.A. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Begaliev X.X. - texnika fanlari nomzodi, dotsent,
  • Ilxamova M.U. - texnika fanlari doktori, dotsent
  • Mirzayev N.B. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Pazilova D.Z. – katta o’qituvchi
  • Shamsieva M.B. - texnika fanlari doktori, dotsent
  • Axmedov J.Z. – assistant
  • Ulug‘murodov J.F. –assistant
  • Tursunova D.G. – assistant
  • Maksudova D.M. – assistant
  • Irisova Z. – assistant
  • Ismatullaev I.N. - assistant
  • Axmadov X.N.  – laboratoriya mudiri
  • Xabirova F. – laborant
KAFEDRANING O'QUV VA LABORATORIYA BAZASI:

     Zamonaviy ishlab chiqarish talablariga javob beradigan loyihalashning ilg‘or usullarini mukammal biladigan mutaxassislarni tayyorlash maqsadida kafedrada Buyuk Britaniyaning “Crispin” poyabzalni avtomatik loyihalashtirish sistemasi bilan jihozlangan CAD/CAM laboratoriyasi mavjud. Kafedrada davlat grantlari asosida barpo etilgan o‘quv laboratoriyasi mavjud bo‘lib, bu laboratoriyada professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishadi. Talabalarning nazariy olgan bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash uchun kafedra qoshida “Poyabzalchi” ishlab chiqarish laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada o‘qish davomida poyabzal va charm attorlik mahsulotlarini loyihalashning zamonaviy uslublari, ularni badiiy bezash va ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rganadilar.
         
KAFEDRANING INNOVATSION HAMKORLIK ALOQALARI:

     Jadal sur’at bilan rivojlanayotgan yengil sanoat korxonalari professor-o‘qituvchilarni tinmay ilmiy va uslubiy salohiyatini, malakasini oshirishga majbur etmoqda. Bu borada barcha o‘qituvchilar malakalarini Isroil, Belgiya, Gretsiya, Malayziya, Daniya va Rossiyaning yetakchi universitet va institutlarida oshirishdi. Mustaqil respublikamizda yengil sanoatga kirib kelayotgan yangi texnologiya va jihozlar kafedraning professor-o‘qituvchilardan dolzarb bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borishga undamoqda. Charm buyumlar texnika va texnologiyasi muammolari bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, kafedrada o‘tgan yillar davrda Davlat byudjeti asosida bir necha million so‘m miqdorida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Ilmiy izlanishlar natijasida qator maqolalar chop etildi va ixtirolar uchun guvohnomalar olindi. Kafedrada hozirgi kunda Davlat byudjeti tomonidan mablag‘langan 4 ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilmoqda. Kafedra Respublikamizning bir qator poyabzal ishlab chiqarish qo‘shma korxonalarida «Nafis» Respublika poyabzal modellar uyida, «Poyabzalchi», “Charm-attor”, “Ulkan-Laziz”, ‘Osiyo charim fayz” MChJ, “O‘zbekcharmpoyabzal” uyushmasi qoshidigi “Charm poyabzal dizayn markazi” va bir qator kichik korxonalar bilan innovatsion hamkorlik ish olib boradi.



фильмы бесплатно


Toshkent to'qimchilik va yengil sanoat istituti
ORTGA QAYTISH