MATBAA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI

MATBAA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI


MATBAA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
Dekan:Temirov Hamid Amirovich
Tashkil topgan yili: 1954 yil
Manzil: Toshkent shaxri, Shoxjahonko’chasi, 5 uy, 3-bino, 1-qavat
Telefon: (+99871) 253-14-91
E-mail: smf@titli.uz

Fakultet haqida

   Fakultet 1954-yili “Muhandis-iqtisodchi” nomibilantashkiletilgan. Dastlab fakultetda “Keng iste’mol mollarini ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish” mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlangan. 1995 yili institutda fakultetlar soni qisqarishi munosabati bilan fakultet “Muhandis- iqtisodchi va kimyoviy texnalogiya” nomi bilan yuritilib yuqorida ko’rsatilgan  mutaxassislik bilan bir qatorda “To’qimachilik, yengil va qog’oz sanoati buyumlari kimyoviy texnalogiyasi”hamda “Matbaachilik” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar va shu ta’lim yo’nalaishlari asosida magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan. 2001 yili fakultetda sohaga bo’lgan ehtiyojni inobatga olgan holda “Buhgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar va ushbu ta’limyo’nalishi asosida 2005 yildan “Buhgalteriya hisobi” mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlashga kirishildi. 2005  yili institutdagi mavjudfakultetlar tarkibidagi yangi fakultet tashkil etilishi munosabati bilan fakultet nomi “Sohalar menejmenti” nomi bilan yuritila boshladi. 2013 yili institut fakultetlari va bo’limlari o’rtasidagi tarkibiy o’zgarishlar va boshqarishni optimallashtirish maqsadidafakultet nomi "Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa" fakultеti deb nomlandi. 2018 yili institut tashkiliy tuzilmasini o`zgarishi munosabati bilan fakultet "Matbaa texnologiyalari" deb qayta nomlandi. Hozirgi kunda fakultetda bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha 544 nafar, magistratura mutaxassisliklari bo’yicha 32 nafar talaba ta’lim olishmoqda.
Mustaqillik yillarida fakultetning moddiy-texnika bazasi kengaytirildi. Hozirda fakultet kafedralari zamonaviy informatsion texnalogiyalar bilan birqatorda zamonaviy kompyuter sinflari va zamonaviy lobaratoriyalar bilan jihozlangan auditoriyalarga ega. Fakultetning professor-o’qituvchilari mustaqillik sharofati bilan Germaniya,  Janubiy Koreya, Chexiya, AQSH, Isroil, Hindiston, Belgiya kabi qator rivojlangan mamlakatlarda malaka oshirib keldilar.  Fakultet bevosita Chexiyaning “Iqtisodiyot va menejment oliy maktabi”, Janubiy Koreyaning “Joongbu” universititi, Janubiy Koreyaning “Korean Association of Logos Management” tashkilotlari bilan professor- o’qituvchilar malakasini oshirish va talabalar o’qishinit ashkil etish bo’yicha bitimlar imzolangan.

Fakultet kafedralari

1.Tеxnоlоgik jаrаyonlаr vаishlаb chiqаrishniаvtоmаtlаshtirish vа bоshqаrish
2.Matbaa   vaqadoqlashjarayonlaritexnologiyasi
3.Korporativboshqaruv
4.Tillar


Ta'lim yo’nalishlari

BAKALAVR
5320800 – Matbaa va qadoqlashj arayonlari texnologiyasi
5311000-Tеxnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (paxta, to`imachilik va yеngil sanoat)
5231900 –Korporativ boshqaruv
5232900-Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)

MAGISTRATURA
5А320802 – Matbaa tеxnologiyasi va dizayni
5A320801– Matbaa mashinalari va apparatlariga servis xizmati ko`rsatish
5A311001 – Tеxnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtrish (paxta, to`qimachilik va yеngil sanoat)

фильмы бесплатно


Toshkent to'qimchilik va yengil sanoat istituti
ORTGA QAYTISH