TO'QIMACHILIK MATERIALSHUNOSLIGI KAFEDRASI

TO'QIMACHILIK MATERIALSHUNOSLIGI KAFEDRASI



To'qimachilik materialshunosligi kafedrasi
Kafedra mudiri: Ochilov T.A. 
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Telefon: (0 371) 253-66-49
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 
5 uy, 2-bino, 1- qavat
E-mail: 
materialshunoslik@titli.uz
         KAFEDRA TARIXI

   “To‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasi 1957 yilda Mexanika texnologiya fakultetida kafedra t.f.d. M.A.Xodjinova rahbarligi ostida tashkil topgan.1967 yildan boshlab kafedrada to’qimachilik materialshunosligi bo’yicha mutaxassislar tayyorlana boshlandi. Har yilgi bitiruv 20-23 kishini tashkil qiladi va ular asosan respublikamizning paxta tozalash, to’qimachlik va yengil sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalari, loyiha-konstruktorlik muassasalari, sertifikatsiyalashtirish organlarida oliy ta’lim muassasalarida muvaffaqiyat bilan ishlab kelmoqdalar. 1970 yildan O’zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi bilan “Paxta” muammoli soha ilmiy tadqiqot laboratoriyasida ulkan ihlar bajarildi.
   1972-1998 yillarda kafedraga O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan injener va Oliy ta’lim a’lochisi, professor U.M.Matmusayev pahbarlik qildi. Ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, rivojlandi. Ular rahbarligida 12 nafar texnika fan nomzodlari tayyorlandi.
   1998-2004 yillarda kafedra “To‘qimachilik texnologiyasi va materialshunosligi” nomi bilan t.f.n., dots. M.Qulmetov mudirligida «To‘qimachilik sanoati texnologiyasi» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlana boshlandi. 2004 yildan “To‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasi alohida faoliyat ko‘rastib keldi. 2009 yilda dots.S.Yusupov, 2010 yilda dots.F.D.Abdullina, 2011 yilda dots. R.D.Akbarovlar rahbarlik va 2012-2016 yillarda kafedraga t.f.n., K.Z.Yunusov mudirlik qildi. 2016 yildan boshlab, “To’qimachilik materialshunosligi” kafedrasini dots.T.A.Ochilov boshqarib kelmoqda.
   Kafedrada turli yillarda faoliyat ko’rsatgan professor-o’qituvchilar: 1957-1966 yillarda t.f.d., prof. M.A.Hojinova, t.f.n., prof. M.U.Matmusayev, t.f.n., dots. F.M.Gulomova, dots. Z.A.Muxamednurova, t.f.n., dots. L.M.Omarov, katta o’qituvchilar K.P.Fazilova, t.f.n. I.T.Abduraximova, t.f.n., Sh.M.Mahkamova, k.o’q. B.A.Fazilova, N.G.Abbasova, I.M.Petrosova, ass. A.M.Reznik, G.F.Lazarev. 1967-1976 yillarda t.f.n. Sh.Sh.Marasulov, t.f.n. F.D.Muxamednurova, t.f.n., dots. X.Z.Ismatullayeva, t.f.n., dots. A.M.Tursunov, t.f.n., dots. L.E.Osipova, t.f.n. D.Z.Xolmuxamedova, ass.X.A.Nizomboyeva. 1977-1976 yillarda t.f.n., dotsentlar T.A.Ochilov, B.B.Axmedov, A.A.Abdugaffarov. 1997-2017 yillarda t.f.n., O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan murabbiy prof. E.Sh.Alimboyev, t.f.n., dots. B.I.Qosimov, t.f.n., dots. M.Qulmetov, t.f.n. N.B.Bahtiyarova, t.f.n. B.Abdusattarov, t.f.n., dots. T.B.Murodov, t.f.n., dots. V.T.Isaqulov, t.f.n. K.Boltaboyev, t.f.n. M.Yunusxodjayeva, t.f.n. S.A.Yusupov, t.f.n. U.Abdullayev, t.f.n. K.Z.Yunusov, t.f.n. R.D.Akbarov, k.o’q. E.T.Laysheva, T.A.Toyirova, S.M.Israilova, t.f.d., prof. S.A.Hamroyeva, t.f.n., dots. Sh.A.Usmonova, k.o’q.D.H.Ubaydullayeva, R.J.Muxtorov, assistentlar S.S.Saidmuratova, Z.F.Valiyeva, Sh.E.Tulanov, U.A.Bobotov, B.T.To‘raqulov, S.U.Patxullayev, O.S.Jo’rayev, M.R.Atanafasov, I.O.Roximov, Sh.S.Mengnarov, X.A.Ashurov, F.R.Taniberdiyev, U.P.Haydarov.
   1957 yildan hozirgi kungacha kafedrada 560 nafar “To‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari materialshunosligi, ekspertizasi va sifat nazorati” mutaxassisligi bo‘yicha muhandislar, 35 nafar “To‘qimachlik materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar, 120 nafar “Kasb ta’limi (TSMT)” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va 172 nafar magistrlar tayyorlandi. Kafedra professor-o‘qituvchlilari rahbarligi ostida–6 nafar texnika fanlari doktorlari, 42 nafar texnika fanlari nomzodlari tayyorlandi.
   Kafedra professor-o‘qituvchlilari tomonidan: 8-darslik va o‘quv qo‘llanma (mualliflar: U.M.Matmusayev, M.Qulmetov, T.A.Ochilov, F.J.Abdullina, N.G.Abbasova, B.B.Axmedov), 7 monografiya (mualliflar: T.A.Ochilov, A.A.Abdugaffarov), 800 ilmiy maqolalar, 420 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 24 patent va mualliflik guvohnomalari va boshqalar tayyorlandi.
   Kafedrada “Materialshunos” talabalar ilmiy to’garagi faoliyat ko’rsatmoqda (Ilmiy rahbar- dots.T.A.Ochilov, mas’ul-ass.S.U.Patxullayev), to‘garakka 20 ga yaqin iqtidorli talabalar qatnashishadi. Kafedraning 12 ta o‘quv va ilmiy tekshirish auditoriyalarida kompyuterlar, tekshiruv nazorat priborlari, amaldagi modellar, laboratoriya qurilmalari kompleksi kabi ilmiy bazaga ega.
   Quyidagi sohalardagi ishlanmalar: "Mahalliy xom ashyodan foydalangan holda to’qimachilik materiallari ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirish va mahsulot sifatini yaxshilash" kompleks ilmiy-tadqiqotlar olib borilgan va ishlab chiqarishga joriy etilgan.
   Kafedra olimlari quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borishadi:
- mahsulot sifatini oshirish, to’qimachilik materiallarini baholash uchun yangi usul va asboblar ishlab chiqish;
- to‘qimachilik mahsulotlarini standartlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.  Bundan tashqari o‘qitish uslubiyatlarini yaratish bo‘yicha ilmy-metodik ishlar olib borilmoqda.
  Fan sohasida institutimiz tarixida birinchilardan 1944 yil aspirantura ochilgan va quyidagi natijalarga erishilgan: To‘qimachilik materiallarini sifatini aniqlash uslub va priborlar yaratish bo‘yicha 13 mualliflik guvohnomalari (Kanopning namligini aniqlash uchun asbob, pillalar namligini aniqlash uchun asbob, akustik usul bilan aralashmadagi komponentlar ulushini aniqlash uchun asbob, to’qimachilik materiallari xususiyatlarini aniqlash va sifatini baholash bo‘yicha asboblar va boshqalar) yaratilgan. Ta’lim, fan-ishlab chiqarish, korporativ hamkorlik kesimida "To’qimachilik materialshunosligi" kafedrasi: "O’zpaxtasanoat" AJ, "Paxtasanoat ilmiy markazi" AJ, "O’zto'qimachilik sanoat" uyushmasi va "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy tadqiqot instituti" (SMSITI), “Central Asia Certification” MCHJ, “Elastikum” MChJ, “Latif-sers” MCHJ, “Toshkent Uchtepa textile” MCHJ,  “O’zstandart” agentligi, “Bukhara Brilliant Silk” MCHJ bilan aloqalar yo'lga qo'yilgan.

KAFEDRADA QUYIDAGI YO'NALISHLAR BO'YICHA MUTAXASSISLIKLAR TAYYORLANADI:

  BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI:

5310900 
– “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” (Tarmoqlar bo'yicha) 

  MAGISTRATURA TA’LIM YO‘NALISHI:

5A520905 - "To‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari materialshunosligi, ekspertizasi va sifat nazorati" (paxta,  to‘qimachilik va yengil sanoati)

KAFEDRADA O'QITILADIGAN FANLAR:

  BAKALAVR YO'NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:

  • To’qimachilik materialshunosligi 1,2-kurs tm.pdf [589.26 Kb] (ko'chirishlar soni: 9)
  • Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari 1,2-kurs mssa.pdf [572.03 Kb] (ko'chirishlar soni: 5) , 3-kurs mssa.pdf [410.28 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Mahsulot sifatini baholash 1,2-kurs msb.pdf [555.44 Kb] (ko'chirishlar soni: 1) , 3-kurs msb.pdf [269.27 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Texnik nazorat va sifat menejmenti 1,2-kurs tnsm.pdf [566.92 Kb] (ko'chirishlar soni: 0) , 3-kurs tnsm.pdf [766.5 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Mahsulot sifatini statistik nazorat qilish uslublari 3-kurs msnqu.pdf [532.88 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Zamonaviy o’lchov vositalari 3-kurs zov.pdf [162.83 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Istiqbolli to’qimachilik materiallari  itm.pdf [201.12 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Tikuv buyumlari materialshunosligi tbm.pdf [876.5 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Sinov laboratoriyasini loyihalash 1,2-kurs sll.pdf [519.83 Kb] (ko'chirishlar soni: 1) , 3-kurs sll.pdf [656.25 Kb] (ko'chirishlar soni: 0) , 4-kurs sll.pdf [280.24 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Tadqiqot uslub va vositalari 1,2-kurs tuv.pdf [417.41 Kb] (ko'chirishlar soni: 0) , 3-kurs tuv.pdf [269.03 Kb] (ko'chirishlar soni: 0) , 4-kurs tuv.pdf [392.89 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Texnika va texnologiya yangiliklari 4-kurs tty.pdf [474 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Sohaga kirish 1,2-kurs sk.pdf [324.98 Kb] (ko'chirishlar soni: 0) , 3-kurs sk.pdf [304.98 Kb] (ko'chirishlar soni: 0) ,4-kurs sk.pdf [388.78 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Charm buyumlari materiyalshunosligi  chmm.pdf [549.17 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Teri va mo’yna materialshunosligi  tmm.pdf [560.25 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Standartlashtirish asoslari 1,2-kurs sa.pdf [582.75 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Muvofiqlikni baholash 1,2-kurs mb.pdf [474.27 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
      MAGISTRATURA YO'NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:

  • Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasining nazariy asoslari  michtna.pdf [983.8 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Ilmiy tadqiqotning nazariy asoslari  itna.pdf [864.74 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Mahsulot sifatini boshqarishning ilmiy asoslari  msbia.pdf [659.22 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Mahsulot sifatini ta’minlashdа Xalqaro standartlashtirish  msxts.pdf [761.68 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Mahsulot sifatini baholash va boshqarish  msbb.pdf [287.72 Kb] (ko'chirishlar soni: 2)
  • To’qimachilik mahsulotlari tuzilishi va xossalarini aniqlashning zamonaviy usullari tmtaz.pdf [514.27 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
       KAFEDRA A'ZOLARI:

  • Ochilov T.A. - kafedra mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent  o_t.pdf [591.29 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Qulmetov M.Q. - texnika fanlari nomzodi, professor  q_m.pdf [416.78 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Hamroyeva S.A. - texnika fanlari doktori, professor
  • Аbdug‘afforov A.A. - texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Axmedov B.B. - texnika fanlari nomzodi, dotsent  a_b.pdf [342.14 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Akbarov R.J. - texnika fanlari nomzodi,dotsent 
  • Usmonova Sh.A. – texnika fanlari nomzodi, dot.  u_sh.pdf [270.63 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Ubaydullayeva D.H. - falsafa fanlari doktori, katta o‘qituvchi  u_d.pdf [129.54 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Muxtorov J.R. - falsafa fanlari doktori, katta o‘qituvchi  m_j.pdf [132.22 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Laysheva E.T. - katta o‘qituvchi  l_e.pdf [157.21 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Toyirova T.A. - katta o‘qituvchi  t_t.pdf [124.79 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Saidmuratova S.S. - katta o‘qituvchi  s_s.pdf [130 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Valiyeva Z.F. - assistent  v_z.pdf [1.39 Mb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Tulanov Sh.E. - аssistent 
  • Ashurov X.T. - аssistent 
  • To‘raqulov B.T. - assistent 
  • Patxullayev S.U. - assistent  p_s.pdf [105.8 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Atanafasov M.R. – assistant  a_m.pdf [123.78 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Taniberdiyev F. – assistent  t_f.pdf [99.23 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Mengnorov Sh.S. – assistent
  • Xaydarov U. - kabinet mudiri, assistent x_u.pdf [156.17 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
KAFEDRANING O'QUV VA LABORATORIYA BAZASI:

   Kafedraning moddiy-texnik bazasi to‘qimachilik tolalari, iplari, materiallarini tarkibi, tuzilishi, xossalarini aniqlash va baholash bo‘yicha jihozlangan o‘quv laboratoriyalari. Kompyuterlashtirilgan sinfda fanlardan elektron variantda ma‘ruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar uchun ma‘lumotlar bazasi talabalar ixtiyorida.
   Kafedrada ma‘ruza mashg‘ulotlari elektron doska va prorektor orqali taqdimot tarzida modernizatsiyalangan o‘quv-uslubiy majmualar asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llangan holda, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlari asosan kompyuter sinfi va zamonaviy asbob-uskunalarda hamda ilg‘or korxonalar laboratoriyalarida o‘tkaziladi.

KAFEDRANING INNOVATSION HAMKORLIK ALOQALARI:

Quyidagi chet el oliy o‘quv yurtlari bilan ijodiy aloqalar o’rnatilgan:
  • Pirey texnologiya instituti (Gretsiya)
  • A.N.Kosigin nomidagi davlat texnologiya va dizayn universiteti
  • Ivanova Davlat  to’qimachilik akademiyasi
  • Sankt-Peterburg sanoat texnologiyasi va dizayni Davlat universiteti
  • Gent universiteti (Belgiya)
  • Janubiy Korea Ansan universiteti
  • Milan politexnika universiteti
фильмы бесплатно


Toshkent to'qimchilik va yengil sanoat istituti
ORTGA QAYTISH