HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT QURISH XALQNI FAROVON HAYOT SARI OLIB BORADI

   2018 yil 5 dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida  “Konstitutsiya – demokratik huquqiy davlat qurishning kafolati” mavzuida navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Ushbu tadbirga institut rektori S.Yunusov, Toshkent davlat yuridik universitet professori Mirodil Baratov, U.Bozorov va shoir Adxamquli Karimov, TDYuU 2-bosqich talabasi M.Xolmurodova, A.Norqulov hamda TTYeSI talabalari ishtirok etishdi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘z oldiga adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, huquqiy demokratik davlat qurish va xalqni farovon hayot sari olib borish kabi buyuk maqsadlarni qo‘ydi, deydi o‘z ma’ruzasida TDYuU proffessori M.Xolmurodov.                                                                                                          
   – Konstitutsiyada bayon etilgan tushunchalar shu qadar ahamiyatliki, hech bir odam ularsiz yashay olmaydi, negaki insonning har kuni duch keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyati ko‘pincha mamlakat asosiy qonuniga kiritilgan qoidalar va moddalarga bog‘liqdir. Konstitutsiya so‘zi lotincha “Constitytio” so‘zidan kelib chiqib, “tuzish, o‘rnatish, belgilash” degan ma’nolarni bildiradi. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni qonun asosida belgilash dastlab qadimgi Rimda amalga oshirilganligi tarixdan bizga ma’lum. Konstitutsiya o‘zining uzoq tarixiga ega. Jahonda birinchi Konstitutsiyalar 1787 yilda AQSHda, 1791 yil Fransiyada, 1831 yilda Belgiyada, 1874 yilda Shveysariyada qabul qilingan. Bizning Konstitutsiya jahonda eng rivojlangan, taraqqiy topgan demokratik davlatlarning tarixiy tajribasi va Konstitutsiyaviy amaliyotiga tayangan holda tuzilgan. Konstitutsiyamiz BMT hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga, halqaro huquqning umume’tirof etgan qoidalarga asoslangan.           
   Davra suhbati jarayonida talabalar shoir Adxamquli Karimov ijodidan bahramand bo‘lishdi hamda TDYuU talabalari normativ huquq to‘g‘risida o‘zlari bilgan ma’lumotlarni qatnashuvchilarga ulashishdi.                                       
   Tadbir so‘ngida “Vatan” qo‘shig‘i yangradi va tashrif buyurgan mehmonlarga tashakkurnoma topshirildi. 


скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018