FUQAROLARDA ISLOHOTLARGA DAXLDORLIK HISSINI SHAKLLANTIRISHDA MA’NAVIYATNING O‘RNI

   Olis va yaqin tarix shuni ko‘rsatadiki, xalqimiz doimo ma’naviy jasorat hissi bilan yashagan va bu ulug‘ tuyg‘u uning hayotida yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora kuchayib, yuksalib boraveradi. Chunki xalq ma’naviyati bir buyuk ummonki, har qaysi avlod undan kuch-qudrat, g‘ayrat olib, ulkan ishlarga qo‘l urishga undaydi. Ayniqsa, bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatini uyg‘unlashtirishga sabab bo‘luvchi omil bu – kino desak xato bo‘lmaydi. Darhaqiqat, ko‘pchilik insonlar kinodan ta’sirlanishadi. Shuningdek, kino inson bilimini orttirishda muhim rol o‘ynaydi, uning boy mazmuni esa aholining bilimdonlik darajasiga bevosita ta’sir qiladi.                                                                          
   Jumladan, 21 dekabr kuni Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti madaniyat saroyida “Fuqarolarning islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirishda ma’naviyatning o‘rni” mavzuida tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda tarix fanlari doktori, professor Mavrulov Abduxalil Abdulxaevich, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, birinchi o‘rinbosari Muhammadjon Quronov va “O‘zbekkino”Milliy agentligi bosh direktori Zokirov Furqat Shokirovich hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor Hilol Nasimov va institut talaba yoshlari ishtirok etishdi. Tadbirda, bilimli ma’naviyatli avlod taraqqiyot kafolati, ma’naviy sohadagi islohotlar va ularning yoshlar tafakkuriga ta’siri va bugungi o‘zbek kinosidagi islohotlar talqini, hamda zamon qahramoni masalalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.       
   Xususan, “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga ko‘ra, “Vatan” kinostudiyasi tomonidan Zulfiya Yunusova hamda Iqbol Mirzo ssenariysi asosida Hilol Nasimov rejissyorligida suratga olingan “Hayot” badiiy filmi va uning ma’naviy ruhiyatga boyligi shuningdek, har qanday tomoshabinning e’tiborini tortib, hayratini oshirishligi ayni haqiqat.                   
   Har bir oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talaba yoshlarning hayotini kundalik tahlil qilish, o‘z qarashlarini himoya qilishga o‘rgatish lozim. Zero, ular yot mafkuralarga murosasiz bo‘lishi, milliy qadriyatlarimiz, g‘oyalarimizni hurmat qilishi, amalda qo‘llashga va o‘z hayotlarida tadbiq etishga tayyor bo‘lishi darkor. Shunday voqea-hodisalar “Hayot” badiiy filmida aks etgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. 
   Ushbu tadbir jarayonida institutning iqtidorli talaba yoshlariga kitob va esdalik sovg‘alar berildi. Jumladan, N.Tursunboeva, B.Azimov, I.Pirmamedova, N.Tursunboeva, A.Mamajanov, F.Quldashova, Sh.Samadov, A.Alimov va F.Istamov, hamda S.Azimjonovalar sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, “Hayot” badiiy filmi talabalar uchun namoyish etildi. 

скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018