PREZIDENT MUROJAATNOMASI TARG’IBOTIGA BAG’ISHLANGAN TAQDIMOT

   Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti majlislar zalida joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasini keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Ushbu taqdimotni institutning ijtimoiy fanlar mudiri dotsent Bektosh Isroilov o‘z ma’ruzasi bilan ochib berdi.                                                                                                         
   Ma’lumki, 2017 yil 22 dekabr kuni yurtimizda birinchi marotaba Oliy Majlisga qilingan Prezident Murojaatnomasida strategik maqsadlar qamrab olingan bo‘lib, uzoq muddatli vazifalar belgilab berilgan edi.                                                    
2018 yil 28 dekabr kunida bo‘lib o‘tgan Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasida qator yangi vazifa va maqsadlar rejalashtirildi hamda belgilab berildi.                                                                                         
   Prezidentimizning BMT 72-assambleyasidagi ma’ruzasida Islom diniga alohida to‘xtalgani barchamizga ma’lum. Bu yilgi murojaatnomada islom olamining buyuk muhaddisi, hadisshunos olim Imom Buxoriyning “Al-Jome’ as-Sahih” asaridagi hadis bilan boshlanishi bejizga emas. Darhaqiqat, har bir inson pok niyat bilan yaxshilikni istab ish boshlasa, amalda o‘z samarasini berishini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’kidlab o‘tgani haqida taqdimotda so‘z yuritildi.                                                                                    
    Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy kengashlarga saylangan xalq noiblari hamda barcha bo‘g‘indagi ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari bilan bo‘lib o‘tgan majlisdagi ma’ruzasi asosida tayyorlangan ushbu taqdimot materialida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan o‘ta muhim va dolzarb fikrlar, g‘oyalar, amaliy taklif va tavsiyalarning mazmun-mohiyati vizual tarzda ochib berildi.                                  
   Jumladan, murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, taqqoslama tahlillar, sababiy bog‘liqlikda chiqarilgan xulosalarni keng jamoatchilikka  targ‘ib etish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy tafakkurini yuksaltirish, tasavvur doirasini kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, undan nafaqat talabalar, balki pedagog-o‘qituvchilar, targ‘ibot-tashviqot guruhi vakillari ham foydalanishlari aytib o‘tildi.   aqdimotda nima uchun 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom berilgani, Davlat dasturi doirasida 21 trillion so‘m va 1 milliard dollarga teng 76 mingta loyihani amalga oshirilgani, o‘tgan yili yaxshi niyat bilan boshlagan ishlarning natijasini ko‘rsatib turganligi yana bir bor esga olindi.                                                                          
   Shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya, servis va xizmat ko‘rsatish sohalarida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilgani, ayniqsa, aholi farovonligini oshirish maqsadida joriy yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli ravishda oshirilgani haqida ma’lumot berildi.                                                        
   Xususan, taqdimotda pedagog xodimlarning ish haqi so‘nggi 10 yilda birinchi marotaba 50 foizgacha ko‘paytirilgani va har bir soha ishchilari ixlos hamda o‘z ishlariga mas’uliyat bilan qarashlari aytib o‘tildi.                                        
Ma’lumki, bugungi kunda yurtimizda, chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard dollarlik 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Albatta, yil mobaynida amalga oshirgan ishlar ro‘yxatini uzoq davom ettirish mumkin. Biroq, bunday misollarni keltirish, qayd etishdan maqsad – ko‘krakka urib maqtanish emas. Biz bundan mutlaqo yiroqmiz. Bizning maqsadimiz – o‘tgan bir yillik taraqqiyot yo‘limizni xolisona va tanqidiy baholashdan iborat ekanligi yig‘ilishda qatnashganlarga yana bir bor eshittirildi.                                                                          
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya–bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.                                                                           
   Binobarin, bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijasi jahondagi etakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilayotganini alohida ta’kidlash lozimligini prezident murojaatnomasida aytib o‘tgan edi. Shuni inobatga olgan holda 2019 yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilingani bejiz emas. Qolaversa,  ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.                                                  
    Shuningdek, ushbu masala bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab, ishlaydigan barcha pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanishi belgilandi hamda pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilayotgani haqida taqdimotda ma’lumot berib o‘tildi. 




MUROJAATNOMA TARG'IBOTIскачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018