SHOIR SURATIGA CHIZGILAR

   Joriy yilning 17 yanvar kuni “Matbaa texnologiyalari” fakulteti 4-talabalar turar joyida buyuk adib Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Ozarbayjon yozuvchilar birligining faxriy a’zosi Ali Karim nomidagi Surgayt shahar poeziya klubining faxriy a’zosi Shahlo Gasimova tashrif buyurdi.                                                                                                  
   Jumladan, tadbirda fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.A’zamov, “Tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sh.Nurbekova, U.Do‘stova, N.Muminova, S.Sattarova S.Yusupova, F.Raximov, A.Tolipova, Sh.Xoliqova, Sh.Yusupalieva, N.Djo‘raeva hamda talabalar ishtirok etdi. Ma’ruzachi tomonidan shoirning hayoti va ijod yo‘li yig‘ilganlarga batafsil yoritib berildi hamda tadbir so‘ngida institut talaba-yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018