YAPONIYADA GRANT TANLOVI

“Matsume International” yapon fondi tabiiy fanlar, texnika va tibbiyot sohalarida Yaponiyada ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun grant tanlovini e’lon qildi. Tanlovda doktorlik darajasiga ega (PhD yoki unga tenglashtirilgan daraja), ingliz yoki yapon tilini yaxshi biladigan 49 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin. Grant 2020 yil aprel oyidan 2021 yil mart oyigacha ajratilib, aviachipta va tibbiy sug‘urta xarajatlari ham qoplanadi.                             
   Bundan tashqari, grant sovrindorlariga oylik 220 ming ien (2000 AQSH dollari) miqdorida stipendiyalar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Hujjat topshirishning oxirgi muddati: 2019 yil 31 iyul.

скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018