"BAKAN TEXTILE” KORXONASIGA TASHRIF

   “Yigirish texnologiyasi” kafedrasining  professor-o’qituvchilari 2019 yil 1 fevral kuni A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat universiteti (Texnologiyalar, Dizayn, San’at) “To’qimachilik texnologiyalari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Aleksey Fyodorovich Plexanov bilan birgalikda “Bakan textile” korxonasiga tashrif buyurdilar.
   Tashrif chog’ida professor Aleksey Fyodorovich Plexanov hozirgi kunda korxonada ishlaytotgan “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi bitiruvchilari bilan tanishtirildi.
   Korxona qurilishi 2016 yil oktyabr oyida boshlagan bo’lib, korxonaning maydoni 64 gektarni tashkil etadi. Hozirgi kunda korxona 350 ishchi o’rniga ega va yana ko’pgina ish o’rinlar yaratilishi rejalashtililgan. 
   “Bakan textile” korxonasi paxta tolasidan yiliga 15000 tonna kalava ip ishlab chiqaradi. 2017-yilda korxonaga Germaniyaning “Truetszchler” firmasining zamonaviy, yuqori unumdor texnologik mashinalari o’rnatilgan. 
   “Bakan textile” korxonasida asosan qayta tarash sistemasida 30/1, 36/1, 40/1, 20/, nomerlardagi iplarni BOA-blendomat, SP-MF, BO-R, CLP, MX-U, CLU, TC-15, TSL-12, TD-8, Zinzer-350, Zinzer-670 va Saurer firmasining mashinalari yordamida ishlab chiqarmoqda. Undan tashqari Temran Air           Enjinerning ventilyatsiya tizimi, Zellweger Uster firmasining sinov uskunalari bilan jihozlangan.
   Professor Aleksey Fyodorovich Plexanov korxona bilan tanishar ekan o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdi. “Men ko’p davlatlarda bo’ganman, deydi u o’z ma’ruzasida. – Ularning to’qimachilik sanoati bilan tanishman. O’zbekiston to’qimachilik korxonalarining texnologiyalari va maxsulot sifati bilan Yevropa davlatlarining to’qimachilik korxonalaridan ustun desam adashmagan bo’laman”. 
“Bakan textile” korxonasiga tashrifi professor Aleksey Fyodorovich Plexanovda va uning hamkasblari qalblarida kata taassurot qoldirdi.
скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018