PAULO KOELONING ASARIGA NAZAR

 Joriy yilning 4 fevral kuni institutning “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi tomonidan “Talaba yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan chora tadbirlar” rejasiga muvofiq Paulo Koeloning “Alkimyogar” asarining mazmun mohiyati tahlili bo’yicha davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda 4-17 guruh talabalari va guruh murabbiysi U.Yusupalieva ishtirok etdi. “Alkimyogar” asari dunyo miqiyosidagi bestseller asarlardan biri xisoblanib, suxbat davomida talabalar ushbu asar xaqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldi. Gurux a’zolari B.Eshmirzayev va S.Sadriddinovlar asar qaxramoni Santyagoning o‘z orzu-niyati yo‘lida vatani Andaluziya (Ispaniya) dan Misrga safarga otlangani va bu yo‘lda turli-tuman sarguzashtlarni boshidan kechirgani, yahshi insonlarga duch kelib, ulardan g‘aroyib pand-nasihatlar, rivoyatlar eshitgani kabi qiziqarli ma’lumotlarni guruh a’zolari bilan o’rtoqlashdilar. Davra suhbati davomida talabalar bahsli munozaraga kirishdilar va savol-javoblar bilan asarni kehgroq o‘zlashtirib olishdi.
скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018