HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISH TADBIRI O‘TKAZILDI

   Yurtimizda huquqbuzarlikni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu yo‘nalishda yoshlarning huquqbuzarlik yo‘liga o‘tishlarining oldini olishga katta e’tibor qaratilmoqda.           
   Xususan, 7 fevral kuni institutning “Tillar kafedrasi”  tomonidan  “Huquqbuzarlikni oldini olish va korrupsiyaga karshi kurash” mavzuida tadbir o‘tkazildi. Tadbirga Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasi jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash” kafedrasi boshlig‘i, professor, polkovnik I.Ismoilov, kapitan B.Egamberdiev va D.Yuldashevlar tashrif buyurdi. Shuningdek, tadbirda institutning “Matbaa texnologiyalari” fakulteti “Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari” A.A’zamov, “Tillar” kafedrasi mudiri texnika fanlari nomzodi dotsent F.Ikromxonova va kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida tashrif buyurgan mehmonlarga “Tillar” kafedrasi tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi.  


скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018