BELARUS DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI PROREKTORI INSTITUTDA

Bugungi kunda yurtimizning oliy ta’lim muassasalari ta’lim dasturi asosida xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik olib bormoqda. Xususan, joriy yilning 19 fevral kuni Viteb shahrida joylashgan “Belarusiya davlat texnologiya universiteti” ning birinchi prorektori Valeriy Jiznevskiy Anatolovich Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida istiqbolli hamkorlik aloqalarini kengaytirish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va olimlarni jalb etish to‘g‘risida fikr almashilindi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori B.Onorboev va Belarus davlat texnika universiteti prorektori V.Jiznevskiy ta’lim dasturi asosida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha ham muzokaralar olib bordi. Jumladan, 2+2 yoki 3+1 ta’lim dasturi asosida va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuv jarayonini ko‘paytirish haqida fikr bildirib o‘tildi. Shuningdek, yozgi maktab o‘quv dasturlarida ishtirok etish uchun ham kelishuvlar ko‘zda tutilmoqda.  

скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018