DEKAN KUBOGINING FINAL BOSQICHI

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev xuzurida 2018 yil 20 sentyabrda o‘tkazilgan majlis bayoni va mazkur bayon ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan Nazorat rejasi (№14/1-3560, 2.10.2018 y.), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2018 yil 24 sentyabrdagi 16428-xx-son va 2018 yil 3 oktyabrdagi 08-2411-son topshiriqlari, O‘zbekiston RespublikasiBosh Vaziri o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan kalendar rejasida (№14/1-3560, 08.10.2018 y.) belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport-sog’lomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida, joriy yilning 25 oktyabr kuni “Matbaa texnologiyalari” fakultetida “Dekan kubogi”ning final bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada 3-basqich talabalari 1-o‘rinni, 1-bosqich talabalari 2-o‘rinni, 2-bosqich talabalari 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Musobaqa so‘ngida barcha ishtirokchilarga fakultet dekani tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi. G’olib jamoaga fakultet dekani tomonidan Kubok topshirildi.
скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018