INSTITUTDA “ENG YAXSHI TALABALAR TURAR JOYI” TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

Talabalar turarjoyida  “Eng yaxshi talabalar turar joyi’’, “Eng yaxshi qavat’’,  “Eng yaxshi xona’’ nominatsiyalari bo’yicha ko’rik tanlovi e’lon qilindi.  Tanlovning har bir bosqichida 5 ballik tizimida baholandi.                                           
Unda talabalar turar joylarining atrofidan tortib ichki tozaligigacha,   navbatchilik tizimi, o’tkazilgan ma’naviy – ma’rifiy  tadbirlar  hammasi hisobga olingan holda baholandi. Buning uchun institutimiz talabalar turar joyida hamma sharoitlar yaratilgan. Ushbu tadbirni o’tqazishdan maqsad – yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o’z uyini o’zi asrash kerakligini esda saqlashi lozim. Talabalardan esa mana shu joyni asrab avaylashi  talab etiladi.           
Tanlov yakunlariga ko'ra,  Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti faxrli birinchi o’rinni, To’qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti ikkinchi o’rinni  hamda uchinchi o’rinni esa  Matbaa texnologiyasi fakulteti egalladi.                 
Tadbir yakunida, g’oliblar televizor va boshqa qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi. 
скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018