BOY BO‘LISHNI ISTAYSIZMI-UZ KAPITALGA MUROJAAT QILING!

   Ma’lumki, investitsiyalarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash-moliya bozorining kelgusidagi istiqbolini ta’minlaydi. Yurtimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni kiritish, va xususiy tashkilotlarning investitsiyaviy strategiyasini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lmoqda. Shuni inobatga olgan holda, “UZ CAPITAL” investitsion kompaniyasi direktori A.A.Xalikov TTYeSI madaniyat saroyida talabalar uchun seminar trening o‘tkazdi. Treningda bugungi moliya bozorining xususiyatlari, uning ravnaq topishiga kerakli shart-sharoit va imkoniyat qilib berish hamda mulkdor bo‘lish haqida qiziqarli suhbat va fikr-mulohazalar bildirib o‘tdi. Shuningdek, iqtisodiyot sohasining bo‘lajak mutaxassislarining bilim salohiyatini kengaytirish maqsadida “kripto-birjalar va kripto-aktivlar aylanmasi”, iqtisodiyot sektorlariga kirib borayotgan “blokcheyn texnologiyalari”,  “trayderlik faoliyati” kabi mavzular o‘rtaga tashlandi. Seminar trening so‘ngida talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Davra suhbati yuqori kayfiyatda yakunlandi.
скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018