Bosh sahifa ABITURIYENT-2018 Apellyatsiya shikoyatlarini ko'rib chiqish

Apilyatsiya shikoyatlarini ko'rip chiqish

Печать

Test sinovlari natijasi bo‘yicha berilgan apellyasiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish

Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abiturientlar 20 avgustdan 30 avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq, dam olish kunlarisiz o‘n bir kalendar kuni ichida) bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyasiya komissiyasiga mazkur Nizomga (Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida) 13-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yozma yoki elektron shaklda apellyasiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Abiturientga apellyasiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida uch ish kuni ichida xabarnoma beriladi.
Apellyasiya shikoyati Davlat test markazida hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlarida qabul qilinadi.
Apellyasiya shikoyatiga abiturient ruxsatnomasining nusxasi ilova qilinadi.
Apellyasiya komissiyasi apellyasiya shikoyatini ko‘rib chiqish jarayonida qabul komissiyasi a’zolarini, Davlat test markazi vakillarini hamda guruh nazoratchilarini ularga tegishli masalalar bo‘yicha jalb qilishga haqli.
Apellyasiya shikoyatini bergan abiturient xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti va abiturient ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
Apellyasiya shikoyati ko‘rilayotgan abiturientga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida abiturientga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida abiturient o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellyasiya komissiyasiga taqdim etadi.
Apellyasiya shikoyati apellyasiya komissiyasi tomonidan faqat abiturient ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi. Abiturientning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellyasiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyasiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Abiturientning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda etkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abiturientning apellyasiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.

Apellyasiya jarayonida quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
 
apellyasiya o‘tkazilayotgan xonaga uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar (lug‘at, jadvallar bundan mustasno) olib kirishga harakat qilish yoki olib kirish;
apellyasiya jarayonida test materiallarini boshqa abiturientga uzatish, ularga yordam berish yoki yordam olish;
test topshiriqlari kitobining varag‘ini yirtish.

Apellyasiya komissiyasining qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga apellyasiya jarayoni to‘liq tugaganidan so‘ng besh ish kuni ichida taqdim etiladi.
Abiturient apellyasiya komissiyasining apellyasiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.

MA'LUMOTLAR MARKAZI

Call center:
+99871 253 36 66
+99895 145 27 81