Главная Духовно-культурные события Institutda magistratura mutaxassisligi bo‘yicha “Bitiruvchi-2018” tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Institutda magistratura mutaxassisligi bo‘yicha “Bitiruvchi-2018” tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Печать

Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg’ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir. “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori hamda “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonida qayd etilgan yangi bosqichda kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim va o‘qitish sifatini baholash, xalqaro standartlarni joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish maqsadlariga hamohangligi bilan alohida ahamiyatga ega. Bu borada Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan kadrlar tayyorlanmoqda. Shu munosabat bilan 7 iyul kuni institutda 79 nafar iqtidorli magistratura bitiruvchilariga mutaxassisligi bo‘yicha “Bitiruvchi-2018” tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori S.Yunusov, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.Tangriyev, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi xodimlar bo‘limi boshlig‘i S.Odinayev, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi boshqarma boshlig‘i Sh.Abdulazizov, “Osiyo charm fayz” korxonasi bosh texnologi A.Begaliyev va barcha fakultet dekanlari, dekan muovinlari, kafedra mudirlari hamda magistrlar va ularning ota-onalari shuningdek, OAV mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar barcha bitiruvchilarni tabriklab, ularga oq yo‘l tilab, ushbu darajaga yetishishlarida katta hissa qo‘shgan ustozlariga minnatdorchilik bildirishdi. Tadbir so‘ngida talabalarga magistrlik diplomlari bilan birga institut rahbariyati tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
 



 

АБИТУРИЕНТ-2018

ИНФОРМАЦИОННЫЙ ЦЕНТР

Call center:
+99871 253 36 66
+99895 145 27 81

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries