Bosh sahifa

Institutda PSTF tomonidan “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarni asraylik” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 1 dekabr kuni Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarni asraylik”     mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori R.Maksudov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi bo‘limi boshlig‘i Sh.G‘ulomov, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi rahbar kadrlar tayyorlash fakulteti tinglovchisi mayor M.Xolmatov, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov,   Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari T.Bobomurodov, I.Yusupov, fakultet murabbiylar kengashi raisi Z.Shodmonqulov, guruh murabbiylari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda narkotik moddalarni tashuvchilar ushbu “zaxriqotil”ni meva-sabzavotlar ichida, avtotransport  vositalaridagi xufiya joylarda, qo‘l yuklari, maishiy buyumlar, kiyim-kechaklar orasida, inson tanasi, xatto ichki a’zolariga yashirgan holda olib o‘tishga urinayotganligi, bu borada O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazib kelinayotgani hamda  giyohvandlik tushunchasi, giyohvandlik va psixotrop moddalar, ularning noqonuniy faoliyati bilan bog‘liq javobgarlik choralari, hamda giyohvand vositalarning inson organizmiga salbiy ta’siri to‘g‘risida talaba-yoshlarga ko‘rgazmali slaydlar asosida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida “Qabohat” nomli hujjatli film namoyish etildi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar.
 



 

    

02.12.2017 11:42


 

Institutda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligi nishonlandi

Joriy yilning 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi F – 4969-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika Tashkiliy qo‘mitasi majlisining 1 iyuldagi 127-son bayoni va u bilan tasdiqlangan tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlash maqsadida institutda  Toshkent shahar adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’ul xodimlari, advokatlar, institut xodimlari, shuningdek, professor-o‘qituvchilari ishtirokida ma’naviy — ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.




02.12.2017 10:54

   

Institutda ABMF tomonidan Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 30 noyabr kuni institutning Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa fakulteti talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.adbirda institut Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa fakulteti dekani X.Temirov, Toshkent shahar O‘zbekiston Musulmonlar idorasi a’zosi “Rakat jome masjidi” bosh imom xatibi R.Muhammadiyev, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri B.Isroilov, fakultet dekan muovinlari,  15 nafar professor-o‘qituvchilar va 230 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi. adbir davomida ma’ruzachilar yorqin misollar asosida xalqaro terrorizm va ekstremizm, din, millat, elat va chegara tanlamasligi, eng vahshiy, madaniyatsiz va insoniy xislatlarini yo‘qotgan ashaddiy jinoyatchilar  qabih ishga qo‘l urishlari, son-sanoqsiz begunoh insonlarning hayotiga zomin bo‘lib kelayotganligi to‘g‘risida hamda bunday kimsalarga yoshlarni qo‘shilib ketmasliklari, doimo ogoh bo‘lishlari to‘g‘risida gapirib o‘tdi. adbir so‘ngida “Qiyomatga qolgan qarz”  nomli hujjatli film namoyish etildi. SHuningdek, talaba-yoshlar mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan  javoblar oldilar.

 


01.12.2017 07:24

   

Sahifa 8 из 275

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries
No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT exclude, type, tld, id, useragent FROM jos_jstats_ipaddresses WHERE ip = '54.221.136.62'