Bosh sahifa 2017-yil - “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”
Yangiliklari

Institutda fakultetlar kesimida o‘tkazilayotgan navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Печать

Joriy yilning 15 dekabr kuni To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Yoshlar orasida huquqbuzarliklar  profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti dekani K.Avazov, Yakkasaroy IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi katta inspektori mayor J.Nabiyev, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov,   fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, fakultet murabbiylar kengashi raisi, guruh murabbiylari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida “Istirob” nomli hujjatli film namoyish etildi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va aniq javob berdilar.
 


 

    

 

TMT kafedrasi tomonidan “Yoshlar o‘rtasida suitsitni oldini olish” va “Reproduktiv salomatlik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Печать

Joriy yilning 15 dekabr kuni institutning “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi tomonidan “Yoshlar o‘rtasida suitsitni oldini olish” va “Reproduktiv salomatlik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Toyirova, Yakkasaroy tumani markaziy poliklinika ginekolog-vrachi Z.Murodova, 1-sonli ruxiy asab kasalliklari dispanseri  vrach-psixiatri va Yakkasaroy tumani “Yoshlar ittifoqi” yetakchisi  X.Sidiqov, TSTF xotin-qizlar qo‘mitasi raisi  X.Abdunosirova, institut psixologi R.Muxammedjanova, TMT kafedrasi ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha ma’sul xodimi D.Nazarova va talaba-qizlar ishtirok etdi. Ushbu davra suhbatida mutaxassislar reproduktiv salomatlik to‘g‘risida hamda  hozirgi paytda yoshlar o‘rtasida suitsit xolatlari haqida ma’lumot berib, uning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni talaba-yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish kerakligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi. Tadbir so‘ngida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javoblar oldilar.
 



 





 

Institut PST fakulteti tomonidan “Yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Печать

Joriy yilning 14 dekabr kuni institutning Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Yoshlar orasida huquqbuzarliklar  profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori kapitan A.Ochilov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov, fakultet dekan o‘rinbosarlari, fakultet murabbiylar kengashi raisi Z.Shodmonqulov, 15 nafar professor-o‘qituvchilar va 225 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida “Istirob”  nomli hujjatli film namoyish etildi. Shuningdek, talaba-yoshlar mavzuga doir fikr-mulohazalarini bildirdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan  javoblar oldilar.
 



 
 
 

Talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi

Печать

Joriy yilning 12 dekabr kuni institut talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy-huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talabalar o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi. Unda institut barcha fakultetining iqtidorli talabalari o‘z jamoalari bilan ishtirok etdi.
 

“Texnika va texnologiyalarni modernizatsiyalash sharoitida iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari” mavzusidagi institut miqiyosidagi ilmiy-amaliy anjumaning yopilishi

Печать

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida har yili o‘tkazilishi an’anaviy bo‘lgan “Texnika va texnologiyalarni modernizatsiyalash sharoitida iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani sho‘’ba majlislari bo‘’lib o‘tdi. Unda sho‘’balarga kiritilgan maqolalar ma’ruza qilindi. Anjuman yakunlari bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan ilmiy maqola mualliflari qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
 



 
 
 

Sahifa 1 из 147