Bosh sahifa 2018-yil - “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va tehnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili”
Yangiliklari

Institutda “Zalolatga eltuvchi yo‘l” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Печать

Joriy yilning 4 iyun kuni institutning “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetida “Zalolatga eltuvchi yo‘l” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov, “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Z.Mahammadiyev, E.Normatov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Davra suhbatida ma’ruzachilar giyohvandlikning kelib chiqishi, sog‘liqni saqlash tizimida giyohvandlik illatiga qarshi qilinayotgan ishlar yuzasidan talaba-yoshlarga ma’ruza berish jarayonida, giyohvandlik, tamaki va alkogol moddalarining girdobiga tushgan yoshlarning organizmidagi salbiy o‘zgarishlar, naslga, sog‘liqqa, ong va tafakkuriga ta’sirini aniq misollar asosida tushuntirib o‘tdi.
 



 
 

Talabalar turar joyida “Giyohvandlik-asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Печать

Joriy yilning 3 iyun kuni institutning “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti 3-talabalar turar joyida “Giyohvandlik-asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov, 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev, “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti F.Sirojiddinov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Davra suhbatida yoshlarga giyohvandlik tushunchasi, giyohvandlik va psixotrop moddalar, ularning noqonuniy faoliyati bilan bog‘liq javobgarlik choralari, hamda giyohvand vositalarning inson organizmiga salbiy ta’siri to‘g‘risida talaba-yoshlarga ko‘rgazmali slaydlar asosida batafsil ma’lumotlar berildi hamda giyohvandlik moddalarini iste’mol qilib va ularning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullangan shaxslarning ayanchli holati aks ettirilgan “Qabohat” nomli hujjatli film namoyish etildi.
 



 
 

Muzeylarga tashrif

Печать

Joriy yilning 1 iyun kuni institutning “Matbaa texnologiyalari ” fakulteti talaba-yoshlari guruh murabbiylari boshchiligida Toshkent shahrida joylashgan muzeylarga tashrifi tashkil etildi. Tashrif chog‘ida talaba-yoshlar  Temuriylar tarixi davlat muzeyiga,  O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga va O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasiga tashrif  buyurishdi. tashrifdan talaba-yoshlar bir olam ta’surotlar bilan qaytishdi.
 



 
 
 

Ajdodlar merosi

Печать

Joriy yilning 1 iyun kuni institutning “Matbaa texnologiyalari ” fakultetida  ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.A’zamov tomonidan “Buyuk allomalar hayoti va ijodiy faoliyati, vatanparvarlik tarbiyasida ibrat manbai” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.A’zamov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti fakultet yetakchisi B.Qodirov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Davra suhbatida maruzachi tomonidan zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalar va ularning bizga qoldirgan boy madaniy me’rosi haqida talaba-yoshlarga batafsil tushuncha berdi.


 

Xayriya aksiyasi o‘tkazildi

Печать

Joriy yilning 1 iyun kuni To‘qimachilik matolari texnologiyasi tomonidan “Dunyoni bering bolalarga” shiori ostida kafedra professor-o‘qituvchilari hayriya aksiyasi o‘tkazdi, unda yig’ilgan mablag’ Yangi yo‘l tumani Abdulla Ortiqov FXY “O‘zbekiston” mahalla Taraqqiyot ko‘chasida 67-xonadonda yashovchi Muxammadali Raxmatxo‘jayevni bayram bilan tabriklab unga sovg’a salomlar hamda aksiyamizda yig’ilgan 450 ming so‘m pul mablag’i hadiya qilindi.

 
 

Sahifa 7 из 192

MA'LUMOTLAR MARKAZI

Call center:
+99871 253 36 66
+99895 145 27 81