Talabalarda ixtisoslik tarbiyasini shakllantirish

Печать

Joriy yilning 21 may kuni “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti “Kimiyoviy texnologiya” kafedrasi va tajribali mutaxassislar tomonidan “Talabalarda ixtisoslik tarbiyasini shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini F.Odilov, Turkiya qo‘shma “ELIPS TEKSTIL PAZARLAMA VE DIS TICARET LTD. STI” kompaniyasi derektori Zaynel Dogan va “Kimiyo” kafedrasi professor-o‘qtuvchilari hamda 3-kurs talaba- yoshlari ishtirok etdi. Tadbirda Zaynel Dogan – yurtingizda yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarini puxta egallashlari uchun juda katta sharoitlar yaratilgan. Bandlikni ta’minlash, ishbilarmonlik qobilyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va tadbirkorlikka keng jalb etish salohiyatini ro‘yobga chiqarishda juda katta ishlar qilinmoqda. Buning uchun siz talaba-yoshlardan – vaqtida o‘qish, bilim olish, o‘z ustida ishlash talab etilishi to‘g‘risida hamda o‘z ish faoliyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, mutaxassislik bo‘yicha talaba-yoshlarga kerakli ma’lumotlar berdi.