Bosh sahifa Xujjatlar Quvnoqlar va zukkolar ko‘rik tanlovining navbatdagi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

Quvnoqlar va zukkolar ko‘rik tanlovining navbatdagi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

Печать

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 13 martdagi 139-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 12 may kuni institutda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining navbatdagi saralash bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda Milliy rassomchilik va dizayn institutining “Pikasso”, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Bolalar”, Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining “Afrosiyob”, Toshkent davlat stomatologiya institutining “Lider” va Toshkent moliya institutining “Moliyachi” jamoalari ishtirok etdi. Tanlovda Toshkent moliya institutining “Moliyachi” va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Bolalar” jamoalari g‘olib bo‘lib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
 
            



MA'LUMOTLAR MARKAZI

Call center:
+99871 253 36 66
+99895 145 27 81