Bosh sahifa Institut Institut nizomi

Nizom

Печать

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining
NIZOMI
I. Umumiy qoidalar

  1. Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti (keyingi o`rinlarda matnda TTYESI deb yuritiladi) sobiq SSSR Xalq Komissarligi Kengashining 1932 yil 1 aprel 1083-sonli qaroriga binoan tashkil etilgan va O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus talim vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiradi.
  2. Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti davlat oliy ta`lim muassasasi hisoblanib, oliy ta`limning asosiy va qo`shimcha (yoki faqat asosiy) ta`lim Dasturlarini bajarish bo`yicha ta`lim faoliyati bilan shug`ullanadi, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o`quv-pedagogik va ilmiy-metodik, shuningdek boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta`lim xizmatlarini ko`rsatadi.
  3. Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni, Kadrlar tayorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari  mazkur Ustavga amal qiladi.
  4. Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida o`ziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo`yicha o`z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o`z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirish, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da`vogar va javobgar bo`lishi mumkin.
  Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa shu jumladan valyuta bo`yicha hisob raqamlariga, O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.
  Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti joylashgan manzil: Indeks: 100100, Toshkent shahri,    Yakkasaroy tumani, Shohjahon ko`chasi, 5 uy.
  Institutning o`zbek tilida to`liq rasmiy nomlanishi – Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti.
  Institutning rus tilida to`liq nomlanishi – Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности.
Institutning ingliz tilida to`liq nomlanishi – Tashkent institute of textile and light industry.
 
II. Institutning asosiy vazifalari

5. Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • shaxsning intellektual, madaniy va ma`naviy-axloqiy kamol topishiga bo`lgan ehtiyojlarini oliy ta`lim va oliy ta`limdan keyingi ma`lumot olishi orqali erishishni qondirish;
  • har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini, o`z Vatani fidoiysi, xalq, jamiyat va oila oldidagi o`z mas`uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, xalq an`analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;
  • ilmiy-pedagogik xodimlar va ta`lim oluvchilarning tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta`lim jarayonida foydalanish;
  • iqtisodiyotning muvofiq sohalaridagi oliy ma`lumotli mutaxassislarni va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • jamiyatning axloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini saqlash va boyitish;
  • aholi o`rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma`naviy-ma`rifiy va madaniy darajasini ko`tarish.
III. O`quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarning sub`ektlari, ularning huquq va majburiyatlari

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries