Bosh sahifa Institut Yangiliklar
Yangiliklar

Печать

Joriy yilning 25 may kuni “Matbaa texnologiyalari” fakulteti jamoasi Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan 66-sonli maxsus maktab internatiga tashrif buyurishdi. Jamoa tomonidan ushbu maktabda ehson dasturxoni yozilib, murg‘ak qalblarga hush kayfiyat ulashildi. Bundan tashqari fakultet jamoasi tomonidan maktabni ta’mirlash ishlari uchun moddiy ko‘mak berildi.
 




 
 

Печать

Joriy yilning 24 may kuni “Matbaa texnologiyalari” fakulteti  4-talabalar turar joyida talaba-qizlar  yashash sharoitlari bilan  tanishildi hamda ular bilan “Kiyinish madaniyati  va odobi” mavzusida  davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.A’zamov, fakultet Xotin-qizlar kengashi  raisi M.Umarova, “Korporativ boshqaruv”  kafedrasi professor o‘qituvchilari  G.Umarova, N.Raupova hamda 4-talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar ishtirok etishdi. Unda kiyinish madaniyati-insonning tashqi ko‘rinishi, ma’naviy dunyosi, estetikasi, ahloqiy sifatlari, kiyinish madaniyatiga bo‘lgan qarash insonning go‘zallik, nafosat, odob borasidagi ko‘z qarashlarini ifoda etadigan omil ekanligi to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tildi.



 
 

Печать

Joriy yilning 25 may kuni institutda “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti 3-talabalar turar joyida talaba-yoshlar o‘rtasida navbatdagi kompyuter savodxonligi darsi o‘tkazildi. Ushbu darsda fakultet dekani B.Turayev, dekan muovinlari I.Yusupov, T.Bobomurotov, 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev, 3-talabalar turar joyi kengashi raisi O.Qarshiyev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Mamlakatimizda har bir sohada faoliyat olib borayotgan kadrlarni kompyuter texnikasi va kompyuter dasturlarida ishlash ko‘nikmalarini mukammal egallashlari uchun juda keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, talabalar o‘z bilimlarini ana shunday kompyuter savodxonligi darslarida mustahkamlashlari haqida talaba-yoshlarga alohida ta’kidlab o‘tildi. Ushbu bo‘lib o‘tgan navbatdagi darsda talaba-yoshlar asosan amaliy dasturlar, jumladan, Office dasturlarida (Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft Power Point, Microsoft Access, Borland Delphi va boshqalar) mukammal ishlashlari va ularda har qanday ma’lumotlarni qayta ishlashlarida barcha imkoniyatlardan unumli foydalanishlari uchun qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.
 




 
 

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi PF-5368-son farmoni, 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi PQ-3031-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 6 iyundagi 376-son buyrugʻida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1 maydan boshlab “Talaba sport haftaligi” doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarida 24 may kuni Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilayotgan armrestling sport musobaqasida 19r-17 guruh talabasi A.Yo‘ldashev chap qo‘l bo‘yicha 2-o‘rinni, o‘ng qo‘l bo‘yicha esa 3-o‘rinni egalladi. Umum jamoa bo‘yicha “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi H.Abdurazzakov boshchiligidagi institutimiz jamoasi Toshkent shahar boʻyicha 21ta Oliy ta’lim muassasalari ichida faxirli 3-o‘rinni egalladi.   
 



 
 
 

Печать

Hurmatli talabalar!
2017-2018 о‘quv yili   О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Islom Karimov va Beruniy stipendiyalari tanlovi bо‘yicha institut iqtidorli talabalari imtihonlari 29-31 may kunlari bо‘lib о‘tadi.

Imtihon grafigi:
INGLIZ TILI 29 may 9.00-17.30   
1-bino, 5-qavat “Tillar” kafedrasi, dots. F.Ikromxonova
О‘ZBEKISTON TARIXI  30 may 8.30-17.30   
1-bino, 6-qavat “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi, dots. B.B. Isroilov
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
31 may 10.00-17.00  
1-bino, 3-qavat Chizma geometriya va axborot texnologiyalari kafedrasi, dots. Karimov A. , dots. Abduraxmonov A.

Ma’lumot uchun: “Iqtidorli yoshlar akademiyasi” 5-bino, 313-xona

Barchangizni tanlovga taklif etamiz!

 
 

Sahifa 1 из 207

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries