Bosh sahifa Institut Yangiliklar
Yangiliklar

Печать

13 yanvar kuni institut sport zalida O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 20 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Harbiy kafedra” talabalari o`rtasida “Mardlar qo`riqlaydi Vatanni” shiori ostida harbiy-sport musobaqa bo`lib o`tdi. Talabalar harbiy-sport musobaqada “Kuchlilar bellashuvi”, “Arqon tortish”, “Mohir mergan” kabi shartlar bo`yicha bellashdilar. Umumiy natijalarga ko`ra “Qalqon” jamoasi 1-o`rinni, “Lochin” jamoasi 2-o`rinni, “Temuriylar” jamoasi 3-o`rinni qo`lga kiritdi.
 
 

Печать

13 yanvar kuni Talabalar turar joyida “Mustahkam oila yili” munosabati bilan talaba-qizlar bilan yoshlarning psixologik holati to`g`risida davra suhbati bo`lib o`tdi. Tadbirda Yakkasaroy tumani Markaziy poliklinika psixolog mutaxassisi L.Zaripova, institut Xotin-qizlar qo`mitasi raisi T.Toyirova va fakultеt xotin-qizlar kеngash raislari ishtirok etdilar. Tadbirda psixolog L.Zaripova so`zga chiqib, hozirgi kundagi ijtimoiy hayot tarzi, jamiyatda voqеalarning tеz kеchishi, turmush muammolari va bu jarayonlarga insonlarning munosabati haqida hamda inson muammolarga duch kеlganda uni ijobiy hal etishda atrofdagilar munosabati, shaxsning irodasi muhimligini ta'kidlab o`tdi.   Shuningdеk, oilada bo`ladigan ziddiyatlar, muammolar va ularni еchishda oila a'zolarining munosabati haqida ham fikrlar bildirildi. 
 
 

Печать

Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!

Sizlarni, o‘z hayotini ona Vatanni himoya qilishdek muqaddas va olijanob vazifaga bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 20 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat yetkazadi.

Batafsil o`qish...

 
 

Печать

11 yanvar kuni institut anjumanlar saroyida “O`zbеkiston - Ukraina” Do`stlik jamiyatining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda “O`zbеkiston - Ukraina” Do`stlik jamiyatining 2011 yilda amalga oshirgan ishlar bo`yicha  “O`zbеkiston - Ukraina” Do`stlik jamiyati raisi, TTЕSI rеktori  Q.Jumaniyazov hisoboti tinglandi hamda 2012 yilda amalgam oshiriladigan ishlar rеjasi tasdiqlandi. Yig`ilishda O`zbеkiston horijiy mamlakatlar bilan do`stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalar jamiyatlari Kеngashi kotibiyati rahbari Z.X.Abidov Rеspublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan do`stlik jamiyatlarining olib borayotgan ishlari haqida hamda “O`zbеkiston - Ukraina” do`stlik jamiyati tomonidan  2012 yilda amalgam oshirishi lozim bo`lgan ishlar haqida gapirdi. Shuningdеk, yig`ilishda “Slavutich”  nomli Ukraina milliy madaniy markazi  kеngashi raisi V.F.Boyko so`zga chiqib, 2011 yil davomida “O`zbеkiston - Ukraina” Do`stlik jamiyatining madaniy markaz bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar haqida va qo`lga kiritilgan yutuqlar haqida batafsil ma'lumot bеrib o`tdi.
 
 

Печать

10 yanvar kuni institut sport zalida 3-9 yanvar kunlari o`tkazilgan “Salomatlik - 2012” spartakiada musobaqalari g`oliblari va ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Musobaqa g`oliblari va ishtirokchilariga institut rahbariyati hamda institut Kasaba uyushmasi qo`mitasi tomonidan tayyorlangan sovg`alarni ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha prorеktor U.Abdullaеv taqdim etdi. 1-o`rinni egallagan PSTF va TSTF jamoalari 1-darajali diplom va 175000 so`m bilan, 2- o`rinni egallagan ЕSMMTF jamoasi 2- darajali diplom va 150000 so`m, 3-o`rinni egallagan ABF jamoasi 3-darajali diplom va 100000 so`m, 4-o`rinni egallagan MXB jamoasi 100000 so`m pul mukofoti bilan taqdirlandilar. 3 yildan bеri kеtma-kеt birinchilikni qo`lga kiritib kеlayotganligi sababli “Ko`chma Kubok”  TSTF jamoasida doimiy qoldirildi.
 
 

Sahifa 186 из 217

MA'LUMOTLAR MARKAZI

Call center:
+99871 253 36 66
+99895 145 27 81

Bizning manzil

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy


Ishonch telefonlari:
0-371-253-32-02
0-371-253-36-17

titlp_info@edu.uz
rector@titli.uz

OO`MTV ishonch telefoni
 1006

Foydali saytlar

www.press-service.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.universityjournal.ru
НОВЫЙ УНИВЕРСИТЕТ- рецензируемый научный журнал
www.ziyonet.uz
Axborot ta`lim tarmog`i
www.lex.uz
Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
www.edu.uz
O`zbekiston Respublikasida ta`lim
www.magisterjournal.ru
ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ - Научный журнал

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries