Farzandning ota-ona oldidagi burch va majburiyati....

Печать

Joriy yilning14 fevral kuni institut majlislar zalida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida “Farzandning ota-ona oldidagi burch va majburiyati”, “Ustoz va shogird  munosobatlari”, “Ustoz otangdek aziz” va “Yoshlar o‘rtasida diniy bilimlarning yetarli emasligi turli illatlarning sababchisidir” mavzularida keng qamrovli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda institut Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori U.Abdullayev, Yunusobod tuman bosh imom-xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy va Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa fakultetining “Tillar” kafedrasi mudiri F.Ikromxonova, barcha fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Suhbat so‘ngida ishtirokchilar mavzularga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan to‘laqonli javoblar oldilar.