Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat
Yangiliklari

Biz yoshlar “Diniy ekstremizim va terrorizm”ga qarshimiz

Печать

Joriy yilning 22 may kuni “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti 1-Talabalar turar joyida “Biz yoshlar “Diniy ekstremizim va terrorizm”ga qarshimiz  mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini F.Odilov, Yakkasaroy tumani Rakat jome masjiti imom hatibi noibi K.Asrorov, fakultet pedagog-tarbiyachisi B.Boymurotov  va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda Islom dini omillari va shariy qoyidalari haqida gapirib o‘tildi. Bazi-bir razil kimsalar islom dinimizni niqob qilib siyosatga qarshi chiqib, yurt tinchiligini buzayotgan insonlar haqida keng batafsil gapirib  o‘tdi. Suhbat so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan kerakli ma’lumotlarni oldilar.
 



 

 

Talaba sport haftaligi

Печать

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PF-5368-son farmoni, 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-3031-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 6 iyundagi 376-son buyrug’ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1 maydan boshlab “Talaba sport haftaligi” doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarida 22 may kuni  O‘zbekiston milliy universitetida qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qo‘l to‘pi bo‘yicha sport musobaqasida institut jamoasi faxirli 2-o‘rinni egalladi. Ushbu musobaqada 25-16 guruh talabasi E.Avezova raqib jamoalar darvozalariga eng ko‘p to‘p kiritib, musobaqa to‘p urariga aylandi.

 
 

Odam savdosi va uning salbiy oqibatlari

Печать

Joriy yilning 21 may kuni “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti 1-Talabalar turar joyida “Odam savdosi va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risi”da davra suhbati o‘tkazildi. Unda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini F.Odilov, 68-sonli shahar bosh inspektori mayor J.Nabiyev, fakultet pedagog-tarbiyachisi B.Boymurotov  va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda har yili o‘rtacha 1 milliondan ortiq insonlar odam savdosi qurboniga odamlar o‘z mamlakatlari chegaralaridan olib o‘tilib, qullikka sotilayotganligi, bunday salbiy oqibatlarga kim sababchi? albatta insonning o‘zi ekanligi to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tdi. Tadbir so‘ngida odam savdosi qurbonlari va bu razil ishlar bilan shug‘ullanuvchi kimsalar to‘g‘risida ishlangan hujjatli film namoyish etildi.
 





 
 

Qahramonlik namunasi

Печать

Joriy yilning 21 may kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti talaba - yoshlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini I.Yusupov boshchiligida Xalqlar do‘stligi siymosi hisoblangan Shomahmudovlar oilasi aks ettirilgan yodgorligiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida dekan muovini fakultet talaba – yoshlariga Shomahmudovlar insonparvarlikning yuksak namunasini ko‘rsatgan oila ekanligi, ikkinchi jahon urushi davrida Shomahmudovlar oilasi turli millatlarning qarovsiz va yetim qolgan bolalarini asrab olib, ta’lim-tarbiya berishgani haqida ma’lumotlar berdi.
 



 
 
 

Talabalarda ixtisoslik tarbiyasini shakllantirish

Печать

Joriy yilning 21 may kuni “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti “Kimiyoviy texnologiya” kafedrasi va tajribali mutaxassislar tomonidan “Talabalarda ixtisoslik tarbiyasini shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini F.Odilov, Turkiya qo‘shma “ELIPS TEKSTIL PAZARLAMA VE DIS TICARET LTD. STI” kompaniyasi derektori Zaynel Dogan va “Kimiyo” kafedrasi professor-o‘qtuvchilari hamda 3-kurs talaba- yoshlari ishtirok etdi. Tadbirda Zaynel Dogan – yurtingizda yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarini puxta egallashlari uchun juda katta sharoitlar yaratilgan. Bandlikni ta’minlash, ishbilarmonlik qobilyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va tadbirkorlikka keng jalb etish salohiyatini ro‘yobga chiqarishda juda katta ishlar qilinmoqda. Buning uchun siz talaba-yoshlardan – vaqtida o‘qish, bilim olish, o‘z ustida ishlash talab etilishi to‘g‘risida hamda o‘z ish faoliyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, mutaxassislik bo‘yicha talaba-yoshlarga kerakli ma’lumotlar berdi.
 



 

 
 

Boshqa sahifalar...

Sahifa 1 из 179

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries