Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat
Yangiliklari

Hamkorlik aloqalari amalda

Печать

Joriy yilning 11 may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Fizika va elektrotexnika” kafedrasi tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasidagi “Ufa davlat neft texnikasi universiteti” “Neft va gaz paydo bo‘lish joylarini aniqlash va ishlab chiqarish” kafedrasida faoliyat yurituvchi O‘zbekistonlik professor Rahimov Ne’matjon Rahimovich ishtirokida "Оптоэлектронные датчики для автоматизации технологических процессов текстильных промышленности" mavzusida o‘quv-ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarda fakultet dekanlari B.Turayev, K.Avazov, kafedra mudirlari A.Ulug‘murodov, D.Xolmatov, M.Ruzmetov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini O.Abdullayev, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining o‘sish sur’atlari dunyo hamjamiyati tomonidan yuksak e’tirof etilayotgani, bu ayni paytda ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim sohasini isloh etish, ilmiy va innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi ekanligi haqida alohida ta’kidlandi. Shu bilan bir qatorda yarimo‘tkazgichlarning optik xususiyatlari to‘g‘risida to‘xtalib, ular yordamida iplarning yoki to‘qimalarning qalinliklarini va turli xususiyatlarini aniqlash mumkinligi to‘g‘risida gapirib o‘tildi.
 



 
 

Kafedra kuni

Печать

2018 yil  11 may kuni talabalar turar joyida  “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi  kuni munosabati bilan institutning birinchi talabalar turar joida sportning voleybol va futbol turlari bo’yicha tadbirlari o‘tkazildi. Talabalar turar joyining birinchi binosida  O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining talabalari kurash sport turi bo‘yicha  besh karra O‘zbekiston chempioni,  Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori xalqaro toifadagi sport ustasi Ro‘zmurod Muqimov va Osiyo va jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi Umidaxon Mirxamidova bilan talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shundang so‘ng tabalar turar joyining sport maydonida  “Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasining o‘qituvchilari S.Alimjonov,  SH.SHukurova va O.Pirmatovlar boshchiligida  talaba-qizlar uchun master klass namoish etildi hamda institutimizning talabal-qizlari bilan o‘rtoqliq uchrashuvi o‘tkazildi. Voleybol sport maydonida “Sport o‘yinlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi voleybol sport turi bo‘yicha Respublika toifasidagi xakam A.Ummatov murabbiyligi ostidagi talaba-yoshlar bilan institutimizning voleybol jamoasi o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.




 
 

Oila jamiyat va davlat himoyasida

Печать

Joriy yilning 11 may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustaxkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hamda “15 may – Xalqaro oila kuni”ga bag‘ishlab “Oila jamiyat va davlat himoyasida” mavzuida seminar o‘tkazildi. Tadbirda Yakkasaroy tumani “Oila” markazi rahbari R.Abdug‘anieva, Yakkasaroy tumani FXDYO mutaxasisi Sh.Kamolova, Yakkasaroy tumani bosh otinoy o‘rinbosari M.Qosimova, institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor U.Abdullaev, institut yuriskonsulti U.Bozorov, “Matbaa texnologiyalari” fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.A’zamov, institut Xotin-qizlar Kengashi raisi T.Toirova, fakultet Xotin-qizlar Kengashi raisi M.Umarova hamda fakultet talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbirda ma’ruzachilar “Nikohlanuvchi yoshlar uchun tibbiy ko‘rikning ahamyati”, “Islom dinida oila muqaddasligi”, “Oila qurishning huquqiy asoslari” mavzularida talaba-yoshlarga batafsil ma’lumotlar berdi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
 
          

 
 

Maktablarda hayot xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlari davom etmoqda

Печать

Joriy yilning 11 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil martdagi Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida”gi 30q/q 18-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti jamoasi tashabbusi bilan Shayhontoxur tumanida joylashgan 85-sonli umumta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha xushyorliklarini yanada oshirish maqsadida sinflar kesimida darslar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda maktab direktori B.U.Maxmudxodjayev, direktor o’rinbosarlari U.Ikromova, U.Eshmamatov, “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov, “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.Djalilova, G.Isaxodjayeva, N.Urmanov hamda o‘quvchilar ishtirok etishdi. Yong‘inlar ko‘pincha odamlar salomatligi va hayotiga tahdid soladi, katta moddiy zarar yetkazadi. Shu bois yong‘inga qarshi himoya choralarini ko‘rish nafaqat davlat, balki har bir fuqaroning vazifasidir. Olib borilayotgan yong‘inga qarshi chora-tadbirlar, jumladan, yong‘inlar profilaktikasi tadbirlari bunday baxtsiz hodisalarga qarshi ishonchli qalqon bo‘lmoqda. Binobarin, yong‘inni o‘chirishdan ko‘ra, uning oldini olgan afzal.Uchrashuvda elektroenergiya va gazlardan ehtiyotkorona foydalanish, qo‘shimcha isitish jihozlaridan foydalanish vaqtida qonun-qoidalariga rioya qilish, yong‘in sodir etilgan holatlarda obyektlardagi yong‘in xavfsizligi texnikasi asbob-uskunalari va anjomlaridan maqsadli foydalanish, shuningdek, joylardagi yong‘in xavfsizligini oldini olish boshqarmalariga zudlik bilan habar berish lozimligi to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tildi.
 



 
 
 

“MAHALLA BONG URADI DABDABALI TO’Y-BAXT KAFOLATI EMAS!”

Печать

Joriy yilning 10 may kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani 162-sonli umumta’lim maktabida, 2018 yil 15 fevralda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi majlisining 9-sonli bayoni 1-ilovasining 50 va 52-bandlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi orasida to’y va marosimlarning mamlakat va millat taqdiriga dahldor ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi, halqimizning milliy tabiatiga mutlaqo yarashmaydigan, oilalarning moddiy ahvolini og‘irlashtiradigan, ularning turmushini izdan chiqaradigan xolatlarga barham berishga butun halq mas’ul ekanini keng tushuntirish, bu boradagi targ‘ibot va tushuntirish ishlari ta’sirchanligini kuchaytirish maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Matbaa texnologiyalari” fakulteti hamda Chilonzor tumanida joylashgan 162-sonli umumta’lim maktabi  bilan hamkorlikda “Mahalla bong uradi dabdabali to’y - baxt kafolati emas!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazdi. Tadbirda “Matbaa texnologiyalari” fakulteti dekan o‘rinbosari A.A’zamov, fakultet professor-o‘qituvchilari, A.Qaxxorov,  D.Xolmatov, A.Olimov,  fakultet Xotin-qizlar Kengashi raisasi M.Umarova hamda 162-sonli umumta’lim maktab derektori E.R.Yo’ldasheva, Chilonzor tumanining “Katta Chilonzor”  2-mahallasi Xotin-qizlar Kengashi raislari va mahalla faollari ishtirok etishdi. Tadbirda TJICHAB kafedrasi dotsenti A.Qaxxorov, fakultet Xotin-qizlar Kengashi raisasi M.Umarova, 162-sonli umumta’lim maktab derektori E.R.Yo’ldashevalar mavzu haqida fikr mulohazalarini bildirdilar.
 



 
 
 

Sahifa 10 из 181

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries