Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat Talabalar turar joyida “Oltin kuz taomlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Talabalar turar joyida “Oltin kuz taomlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Печать

Joriy yilning 26 noyabr kuni Talabalar turar joyida talaba-qizlar tashabbusi bilan institut Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkillashtirilgan fakultetlararo talaba-qizlar o‘rtasida “Karving”  va “Oltin kuz taomlari”  ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovda ishtirokchi talaba-qizlarga karving tayyorlash uchun turli sabzavotlar berildi. Talaba-qizlar sabzavotlardan san’at darajasidagi shakllar hosil qildi. Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra: 1-o‘rin ABMF 16a-17 guruh talabasi Z.Tursunova, 2-o‘rin TSTF 6-17 guruh talabasi Y.Toshmurodova, 3-o‘rin ABMF 16b-16 guruh talabasi Sh.Meliqulova va PSTF 1a-16 guruh talabasi M.Safarova egalladi. Ko‘rik-tanlov doirasida 3s-15 guruhi talabisi Z.Qurbonova mevalardan ajoyib shakl yasab, barchani lol qoldirdi. “Oltin kuz taomlari” ko‘rik tanlovida barcha talaba-qizlar qovoq qo‘shilgan turli taomlar tayyorlashdi. Jumladan, somsa, manti, gulxonim, dimlama, barak va qovoq qo‘shilgan salatlar ham tayorlashdi. Qovoq qo‘shilgan turk, koreys va boshqa millat oshxonasiga mansub rang-barang taomlar ham tayyorlandi. Ko‘rik-tanlov ishtirokchilariga institut rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va kitob taqdim etildi.




Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries