Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat Institutda PSTF tomonidan “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarni asraylik” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Institutda PSTF tomonidan “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarni asraylik” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Печать

Joriy yilning 1 dekabr kuni Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarni asraylik”     mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori R.Maksudov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi bo‘limi boshlig‘i Sh.G‘ulomov, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi rahbar kadrlar tayyorlash fakulteti tinglovchisi mayor M.Xolmatov, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov,   Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari T.Bobomurodov, I.Yusupov, fakultet murabbiylar kengashi raisi Z.Shodmonqulov, guruh murabbiylari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda narkotik moddalarni tashuvchilar ushbu “zaxriqotil”ni meva-sabzavotlar ichida, avtotransport  vositalaridagi xufiya joylarda, qo‘l yuklari, maishiy buyumlar, kiyim-kechaklar orasida, inson tanasi, xatto ichki a’zolariga yashirgan holda olib o‘tishga urinayotganligi, bu borada O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazib kelinayotgani hamda  giyohvandlik tushunchasi, giyohvandlik va psixotrop moddalar, ularning noqonuniy faoliyati bilan bog‘liq javobgarlik choralari, hamda giyohvand vositalarning inson organizmiga salbiy ta’siri to‘g‘risida talaba-yoshlarga ko‘rgazmali slaydlar asosida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida “Qabohat” nomli hujjatli film namoyish etildi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar.
 



 

    

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries