Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat Institutda “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarni asraylik” mavzusida navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Institutda “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarni asraylik” mavzusida navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Печать

Joriy yilning 2 dekabr kuni To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarni asraylik” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti dekani K.Avazov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi bo‘limi boshlig‘i B.Ro‘zimurodov, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov,   fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, fakultet murabbiylar kengashi raisi, guruh murabbiylari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda giyohvandlik tushunchasi, giyohvandlik va psixotrop moddalar, ularning noqonuniy faoliyati bilan bog‘liq javobgarlik choralari, hamda giyohvand vositalarning inson organizmiga salbiy ta’siri to‘g‘risida talaba-yoshlarga ko‘rgazmali slaydlar asosida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida “Qabohat” nomli hujjatli film namoyish etildi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar.
 



 

    

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries