Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarni asraylik” mavzusida o‘tkazilayotgan navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

“Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarni asraylik” mavzusida o‘tkazilayotgan navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Печать

Joriy yilning 4 dekabr kuni Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarni asraylik” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi xodimi X.Djalalov, fakultet dekan muovinlari,  10 nafar professor-o‘qituvchilar va 220 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda ma’ruzachilar giyoxvandlikning kelib chiqishi, sog‘liqni saqlash tizimida giyoxvandlik illatiga qarshi qilinayotgan ishlar yuzasidan talaba-yoshlarga ma’ruza berish jarayonida, giyohvandlik, tamaki va alkogol moddalarining girdobiga tushgan yoshlarning organizmidagi salbiy o‘zgarishlar, naslga, sog‘liqqa, ong va tafakkuriga ta’sirini aniq misollar asosida tushuntirib o‘tdi. Tadbir so‘ngida “Qabohat” nomli hujjatli film namoyish etildi. Shuningdek, talaba-yoshlar mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan  javoblar oldilar.
 



 

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries