Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarni asraylik” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

“Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarni asraylik” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Печать

Joriy yilning 5 dekabr kuni Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa fakulteti talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarni asraylik” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa fakulteti dekani X.Temirov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi xodimi X.Djalalov, fakultet dekan muovinlari,  15 nafar professor-o‘qituvchilar va 235 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda ma’ruzachilar bugungi kunda giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha mamlakatimizning barcha go‘shalarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotganligi va O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan transmilliy narkoguruhlarning qonunga zid faoliyatini aniqlash va unga chek qo‘yish, kontrabanda kanallarini yopish, giyohvandlik ekinlarini yo‘q qilish hamda giyohvandlik illati tarqalishining oldini olish bo‘yicha maxsus kopleks tadbirlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida tushuntirib o‘tdi. Tadbir so‘ngida “Qabohat” nomli hujjatli film namoyish etildi. SHuningdek, talaba-yoshlar mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan  javoblar oldilar.
 


 

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries