Kelajak sari qadam

Печать

Uzoq yillar davomida ilm, fan, ta’lim, texnologiya va madaniyat sohalarida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti va Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik instituti (Don davlat texnika universitetining Shaxta shahridagi filiali) o‘rtasida o‘zaro xamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Xizmat safari chog‘ida asosiy uchrashuvlardan biri Shaxta shahridagi institutda bo‘lib o‘tdi. Institut raxbariyati va mutaxassislik kafedralari va bo‘limlarning yetakchi professor-o‘qituvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ilmiy mobillikni ta’minlash, ilmiy-innovatsion xamkorlik konsepsiyasi, oliy ta’lim muassasalari bazasida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi xamkorlik masalalarini rivojlantirish yo‘nalishlari va imkoniyatlari muxokama qilindi. Jumladan, Don Davlat Texnika Universiteti institutimiz bilan birgalikda Fundamental tadqiqotlar Rossiya Fondi va Fan va texnologiyalarni rivojlantirish Agentligi tomonidan e’lon qilingan xalqaro tanlovda ishtirok etish uchun topshirilgan  Rossiya-O‘zbekiston grant raxbarlari, DDTU tomonidan - dunyo tanigan olima, texnika fanlari doktori, professor Irina Viktorovna Cherunova hamda, TTYeSI tomonidan – texnika fanlari doktori, professor Salix Shukurovich Tashpulatovlar o‘rtasida muzokara o‘tkazilib, ushbu loyiha ijrochilari hamda ularga yaratilgan shart-sharoit, bajarilishi rejalashtirilgan ishlar haqida kelishib olindi va bayonnoma imzolandi.

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries