Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

“Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Печать

Joriy yilning 4 aprel kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda institut talaba-yoshlari o‘rtasida diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlariga qaratilgan “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-ahloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.Raxmonov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi E.Alimqulov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist T.Sayidov, institut ma’naviy-ma’rify ishlar bo‘yicha prorektori  U.Abdullayev, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi BT yoshlar yetakchisi A.Azimov va fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, OAV xodimlari hamda institut talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbirda ma’ruzachilar bugungi kunda dunyo davlatlarini tashvishga solayotgan diniy ekstremizm va terrorizm kundan-kunga yangicha ko‘rinishga kirib borayotganligi, yaqin sharq va arab davlatlarida ro‘y berayotgan hodisalar jahon hamjamiyatini tashvishga solayotganligini, bu tartibsizliklar va fuqorolar urushidan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib, mazkur davlatlarni o‘zlariga maskan qilib olayotgan terroristik tashkilotlar islom dini nomi va sha’nini bulg‘ashda davom etayotganliklarini ta’kidlab o‘tishdi. Tadbir davomida diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgan insonlar qismati to‘g‘risidagi “Tafakkur ehtiyoji” nomli hujjatli film namoyish etildi.
 



 
                                                
                                                                                                                                                                             

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries