Buyuk sarkarda

Печать

Joriy yilning 5 aprel kuni institut “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetining “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan Atoqli davlat arbobi, buyuk sarkarda-Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag‘ishlab 3-talabalar turar joyida kafedra kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri R.Rosulov, fakultet dekan muovini I.Yusupov, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 68-sonli SHIIB bo‘lim boshlig‘i mayor Y.Boybekov, 3-talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ushbu davra suhbatida mohir sarkarda, davlat arbobi, ilm-fan, madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur markazlashgan davlatga asos solgani, uni har tomonlama mustahkamlab, rivojlantirib, shon-shuhratini butun jahonga yoygani, buyuk saltanatning hukmdori sifatida millatlar va xalqlarni birlashtirgani, uning hukmdorlik yillarida madaniyat, ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa va she’riyat yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgani haqida alohida ta’kidlab o‘tildi. Davra suhbati davomida talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
 



 

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries