Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat Avlodlari e’zozlagan buyuk alloma

Avlodlari e’zozlagan buyuk alloma

Печать

Joriy yilning 6 aprel kuni institut Talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 2018 yil 15 fevraldagi “2018 yilda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshiriladigan ishlarni samarali tashkil etish to‘g’risida”gi bayoni (07/1-377-son, 16.02.2018 y.) bilan tasdiqlangan “2018 yilda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshiriladigan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari rejasini (Yo‘l xaritasi)”ning 1-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida “Avlodlari e’zozlagan buyuk alloma” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda “Paxta sanoati texnologiyasi” hamda “Matbaa texnologiyalari” fakultetlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari I.Yusupov, A.A’zamov,Yakkasaroy tumani bosh imom xatibi, Rakat jome masjidi imom xatibi R.Muhammadiyev, 3-Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Abdullayev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ushbu davra suhbatida Islom olamida o‘ziga xos alohida hurmat va e’tiborga sazovor, musulmon yurtlari ichida bizga faxr bag‘ishlovchi buyuk ajdodlarimizdan biri bu shubhasiz Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy hazratlarining ilm yo‘lida chekkan riyozatlari, hadis ilmining rivojiga qo‘shgan hissalari hamda yaratgan asarlari butun dunyoda tillardan-tillarga doston bo‘lganligi haqida, o‘z buyuk ajdodlarini e’zozlagan, ularning ilmiy merosi, bunyodkor g‘oyalarini o‘zining ma’naviy taraqqiyoti mayog‘i o‘laroq tutgan xalq hech qachon kam bo‘lmasligi, ona yurtimizda amalga oshirilayotgan yuksak ishlarga daxldorlik hissi bilan yashashi, bunda har birlari o‘zlarining kasbi va yo‘nalishidan kelib chiqib mas’uliyatni his qilgan holda harakat qilishlari ham farz, ham qarz ekanligi talaba yoshlarga yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.
 



 

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries