Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat Istitutda amaliy seminar tashkil etildi

Istitutda amaliy seminar tashkil etildi

Печать

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida” 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285-son Farmonining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi hududida joylashgan paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlov punktlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi 2018 yil 31 mart №253 sonli qarori bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g’risida amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda institut ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, t.f.d.,  A.E. Gulamov hamda hozirgi kunda klaster tizimida olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g’risida ma’lumotlar berish uchun “OSBORN TEKSTIL” MCHJ rahbari R. Normatov, “NAVBAHOR TEKSTIL” MCHJ rahbari Sh. Djumaev va “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari hamda shu yo‘nalish bo‘yicha tahsil olayotgan 3 va 4 kurs talabalari ishtirok etishdi. Amaliy seminar ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, bunda klaster tizimini tashkil etilishi va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar to‘g’risida tadbir ishtirokchilariga qiziqtirgan savollari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries