Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat Fakultetda “Ekologik ta’lim kuni”

Fakultetda “Ekologik ta’lim kuni”

Печать

Joriy yilning 12 may kuni “12-may Ekologik ta’lim kuni” munosabati bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor U.Abdullayev, fakultet dekani B.Turayev, kafedra mudiri O.Yo‘ldosheva, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov, Shayhontoxur tumani 85-umumta’lim maktabi “Yoshlar ittifoqi” BT yetakchisi F.Qurbonmurodov, maktab o‘quvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilariga ekologik ta’lim bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirish va ularning ona tabiatga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish xususida tushunchalar berildi. Shuningdek, ekologik ta’lim mezonlari, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar mohiyati ishtirokchilarga atroflicha tushuntirildi. Yosh avlodning ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirish, tabiat haqidagi bilim va intellektual salohiyatini oshirish, ona tabiat va uning ne’matlariga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan masalalar muhokama etildi. Ekologik ta’lim va tarbiya bugunning dolzarb masalalaridan biri ekani, har bir insonda o‘zi yashab turgan uy, ko‘cha, mahalla, qishloq va shaharni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, tabiiy maskanlarni asl holida saqlash va ulardan unumli foydalanish, yurtimiz tabiatini muhofaza qilish singari fazilatlarni shakllantirish ekologik tarbiyaning ajralmas qismi ekani ishtirokchilarga alohida ta’kidlab o‘tildi. Tadbir davomida fakultet talabalari tomonidan tashkil etilgan ko’rgazma ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Dekanat tomonidan talaba-yoshlar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
 



 

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries