Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat Sayohat mazmunli o‘tdi

Sayohat mazmunli o‘tdi

Печать

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarni turizmga jalb etilishini yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning 11 may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar  Ko‘hna va boqiy Buxoro shahriga sayohatga chiqdi. Talabalar sayohat davomida Buxoroning diqqatga sazovor joylari jumladan  “Baxovuddin Naqshbandiy” ziyoratgohi, “Sitorai Moxi Xosa”, “Ark” saroyi, “Minorai Kalon” masjidi, “Mir Arab” madrasasi hamda “Labi hovuz” qadimiy qadamjolarini ziyorat qildi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida kunning ikkinchi yarmida talabalar Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bo‘lib, bu yerda tahsil olayotgan tengdoshlari bilan samimiy muloqot qildi.Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Nihol” talabalar teatr studiyasi hamda “Dizayn” jamoasi tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi. Institut tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mana shunday tadbirlar talaba-yoshlar qalbida ona Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qilishi, shubhasiz.
 





 
 
 

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries