Bosh sahifa Madaniy marifiy faoliyat Butunjahon atrof muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan tadbir

Butunjahon atrof muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan tadbir

Печать

Joriy yilning 5 iyun kuni institut “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetining “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasida “Butunjahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet dekani B.Turayev, “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi mudiri O.Yo‘ldosheva, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov va kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ekologik ta’lim va tarbiya bugunning dolzarb masalalaridan biri ekani, har bir insonda o‘zi yashab turgan uy, ko‘cha, mahalla, qishloq va shaharni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, tabiiy maskanlarni asl holida saqlash va ulardan unumli foydalanish, yurtimiz tabiatini muhofaza qilish singari fazilatlarni shakllantirish ekologik tarbiyaning ajralmas qismi ekanligi ishtirokchilarga alohida ta’kidlab o‘tildi. Tadbir davomida fakultet talabalari tomonidan tashkil etilgan ijodiy ko‘rgazmalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir so‘ngida o‘z ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etgan talaba-yoshlar fakultet dekanati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
 






 
MA'LUMOTLAR MARKAZI

Call center:
+99871 253 36 66
+99895 145 27 81

Статистика

No valid database connection Table './titli-new/jos_jstats_ipaddresses' is marked as crashed and should be repaired SQL=SELECT count(*) AS nbr_of_visits, w.tld AS tld, t.fullname AS full_name, count(*) AS total_visits FROM jos_jstats_ipaddresses w LEFT JOIN jos_jstats_topleveldomains t ON(t.tld = w.tld) LEFT JOIN jos_jstats_visits v ON(v.visitor_id = w.id) WHERE (1=1) AND (1=1) AND w.type=1 GROUP BY tld ORDER BY nbr_of_visits DESC, t.fullname ASC
Top 0:
0 visits from 0 countries