Bosh sahifa Yozgi maktab – 2018

Yozgi maktab

Печать

“Yozgi maktab-2018”
 
     Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti ixtisoslashgan oliy o'quv yurtlari o'rtasida akademik almashinuv dasturini rivojlantirish maqsadida talabalar va magistrantlar uchun to'qimachilik, charm-poyabzal, bo'yash-pardozlash, tikuv ishlari, kiyim-kechak sanoati, libos dizayni, matbaa va ipak texnologiyasi sohalarida “yozgi maktab” o'quv dasturlarini taklif etadi.
Tadbirdan ko'zlangan maqsad - mazkur sohalardagi so'nggi yutuqlar va texnologiyalar bilan yaqindan tanishishdir.
Talabalar zamonaviy libos dizayni, to'qimachilik materiallarini pardozlash, matbaa texnologiyasi, texnologik mashinalar va uskunalar kabi fanlardan amaliy ko'nikmalarga ega bo’lishadi.
Dasturning davomiyligi 14 kun (40 soat).
Yozgi maktab natijalariga ko'ra, ishtirokchilarga tegishlicha sertifikat taqdim qilinadi.
Hamkor universitetlarning talabalari uchun yozgi maktabda ishtirok etish va yotoqxona bilan taminlanishi bepul. Yo’lkira xarajatlari, vaqtincha ro'yxatga qo’yish va ovqatlanish bilan bog’liq xarajatlar qatnashchilar tomonidan mustaqil ravishda to'lanadi.
Ishtirokchilarning hohishiga ko'ra biz Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarga sayohatni tashkillashtirib berishimiz mumkin.
Yozgi maktab davomiyligi 2018 yil 2 iyuldan 15 iyulgacha.
Yozgi maktab o'quv dasturi bilan tanishish hamda dasturda qatnashish uchun arizani www.titli.uz saytida olishingiz mumkin.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Institutning tashqi aloqalar bo'limi ( Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript ) bilan bog'laning.
 
Ariza
 

Ismi

 

Tug’ilgan sanasi

 

Rasm joyi

Familiyasi

 

Jinsi

 

Oliy ta’lim muassasasi

 

Kafedra 

 

Guruhi

 

Uy manzili

 

Post kodi

 

Uy telefon raqami

 

Email

 

Mobil telefon raqami

 

Tadqiqot ishining mavzusi

 

 

Nashr maqolalari va mukofotlari

 

Murabbiyning fikri

 

 

 

Ism Familiyasi:

Sana:                             Imzo

Talaba vadasi

"yozgi maktab" tomonidan qabul qilinsam, men o'z vaqtida o'qiyman, akademik almashinuvda faol ishtirok etaman, intizomga va "yozgi maktab"ning tegishli qoidalariga amal qilaman. Shaxsiy xavfsizligimni ta'minlayman.

 

Sana:                             Imzo


http://titli.uz/index.php/uz/axborot-resurslari/buyruqlar/Application-Eng.html