TANISHTIRUV HAFTALIGI DAVOM ETMOQDA

     Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun barcha viloyatlar OTMlarida tanishtiruv darslari davom etmoqda. Institut rahbariyati ushbu jarayonga alohida tayyorgarlik ko‘rdi. Uzoq hududlardan institut talabaligiga tavsiya etilganlarga tanishtiruv darslarini tashkil qilish uchun institutning pedagog xodimlari xizmat safariga yuborilgan. Xususan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qoraqalpoq Davlat Universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Samarqand Davlat chet tillari instituti, Jizzax Politexnika instituti, Guliston Davlat Universiteti, Farg‘ona Davlat Universiteti, Urganch davlat Universiteti, Toshkent Davlat texnika Universiteti Termiz filiali, Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Navoiy Davlat konchilik institutida 1-kurs talabalari uchun o‘quv jarayoni bilan tanishtiruv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.
  Tanishtiruv darslarini tashkil etishda karantin qoidalariga qat’iy amal qilish inobatga olingan. Ijtimoiy masofani saqlagan holda institutning ichki tartib-qoidalariga amal qilgan yoshlar mazkur tanishtiruv darslarida maxsus tayyorlangan videorolik orqali institut haqida, taqdimotlar orqali o‘quv jarayoning tashkil etilishi, o‘qitiladigan fanlar soni, institut professor-o‘qituvchilari haqida, o‘quv semestrining boshlanishi va yakunlanishi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar, shuningdek, asosiy masalalardan biri bo‘lgan to‘lov-shartnoma shartlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdalar.
   Pedagog xodimlar hududlardagi OTMlar bazalarida tashkil etayotgan tanishtiruv darslarida 1-kurs talabalarining o‘quv jarayonida masofaviy ta’lim tizimiga ulanishi tartibini to‘liq tushutirganli holda, ularda kelgusida masofaviy dars mashg‘ulotlarida ishtirok etish ko‘nikmalarini shakllantirishga asosiy e’tiborni qaratmoqdalar.
   1-kurs talabalariga tanishtiruv mashg‘ulotlari jadval bo‘yicha institut tarixi va tuzilishi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar; masofaviy ta’lim platformasi “modul” haqida; talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning huquq va majburiyatlari; dars jadvali va “ZOOM” platformasi orqali masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berilishi belgilangan.

HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA

    Birinchi kurs talabalikka tavsiya etilganlarning hujjatlarini qisqa muddatlarda ko‘rib chiqish va qabul qilish masalasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Pandemiya davrida qabul jarayonini tashkil etishning asosiy masalalaridan biri sanalgan ijtimoiy masofani saqlash va karantin tartib-qoidalariga amal qilishga alohida e’tibor qaratilgan. 
    Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilganlarning “1-kurs talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risida”gi buyruqlar hamda Тo‘lov-shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlarni o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishlariga ruxsat berish haqidagi farmoyishlar rasmiylashtirilgan bo‘lib, hozirda abituriyentlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish jarayoni sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilingan holda o‘tkazilmoqda, shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida tashkil etilgan mas’ullar tomonidan hujjatlar qabuli davom etmoqda. 
     Institutda talabalar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga tezkor ravishda javob berilishi uchun 97 409-10-48 va 93 591-68-05 telefon raqamlaridan iborat call-center faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. 
    Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutiga o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
  • Ariza
  • Bakalavr diplomi asl nusxasi
  • 2 dona passport nusxasi
  • 3,5 * 4,5 rasm. 6 dona
  • Abituriyent ruxsatnomasi
  • DTM natija varaqasi
  • 2 dona konvert

TANISHTIRUV DARSLARI VILOYATLAR KESIMIDA 

      Uzoq hududlardan Institutning 1-kursiga o‘qishga qabul qilingan talabalarga qulayliklar yaratish bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarga (Toshkent viloyatidan tashqari) pedagog xodimlar xizmat safariga yuborilgan bo‘lib, talabalar o‘z viloyatida tegishli OTMlarda tanishtiruv mashg‘ulotlarida ishtirok etishlari mumkin. Jizzax politexnika institutida ham Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun tanishtiruv darslari davom etmoqda. To‘qimachilik materialshunosligi kafedrasi dotsenti, Dilobar Ubaydullayeva tomonidan seminar mashg‘ulotlari olib borilmoqda. 
    Institut rahbariyati, pedagog xodimlar ushbu jarayonga alohida tayyorgarlik ko‘rdi. 1-kurs talabalariga tanishtiruv mashg‘ulotlari jadval bo‘yicha institut tarixi va tuzilishi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar; masofaviy ta’lim platformasi “modul” haqida; talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning huquq va majburiyatlari; dars jadvali va “ZOOM” platformasi orqali masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berilishi belgilangan.

   Tanishtiruv darslarini tashkil etishda karantin qoidalariga qat’iy amal qilish inobatga olingan. Jumladan, institutga kiritilayotgan talabalarning tana harorati o‘lchanib, antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilinishi tashkil etilgan. Ijtimoiy masofani saqlagan holda institutning ichki tartib va qoidalariga amal qilgan yoshlar mazkur tanishtiruv darslarida institut, o‘quv jarayoning tashkil etilish tartibi va tuzilishi, o‘qitiladigan fanlar soni, institut professor-o‘qituvchilari haqida, shuningdek, asosiy masalalardan biri bo‘lgan to‘lov-shartnoma shartlari to‘g‘risida hamda o‘quv semestrining boshlanishi va yakunlanishi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar, talabalarning o‘quv jarayonida masofaviy ta’lim tizimiga ulanishini, kelgusida masofaviy dars mashg‘ulotlarida ishtirok etish ko‘nikmalari kabi zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdalar.

TANISHTIRUV DARSLARIGA NAZAR

     Koronavirus pandemiyasi tufayli oliy o‘quv yurtlarida joriy o‘quv yili noan’anaviy tarzda olib borilmoqda. Bugun birinchi kurs talabalari uchun tanishtiruv darslarining ikkinchi kuni boshlanadi. Joriy yilning 12-oktyabridan Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutidatalabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar ya’ni, 1-kurs talabalari uchun tasdiqlangan grafik asosida tanishtiruv darslari boshlandi.
    Institut rahbariyati, pedagog xodimlar ushbu jarayonga alohida tayyorgarlik ko‘rdi. 1-kurs talabalariga tanishtiruv mashg‘ulotlari jadval bo‘yicha institut tarixi va tuzilishi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar; masofaviy ta’lim platformasi “modul” haqida; talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning huquq va majburiyatlari; dars jadvali va “ZOOM” platformasi orqali masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berilishi belgilangan. Tanishtiruv darslarini tashkil etishda karantin qoidalariga qat’iy amal qilish inobatga olingan. Jumladan, institutga kiritilayotgan talabalarning tana harorati o‘lchanib, antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilinishi tashkil etilgan. Ijtimoiy masofani saqlagan holda institutning ichki tartib va qoidalariga amal qilgan yoshlar mazkur tanishtiruv darslarida institut, o‘quv jarayoning tashkil etilish tartibi va tuzilishi, o‘qitiladigan fanlar soni, institut professor-o‘qituvchilari haqida, shuningdek, asosiy masalalardan biri bo‘lgan to‘lov-shartnoma shartlari to‘g‘risida hamda o‘quv semestrining boshlanishi va yakunlanishi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar, talabalarning o‘quv jarayonida masofaviy ta’lim tizimiga ulanishini, kelgusida masofaviy dars mashg‘ulotlarida ishtirok etish ko‘nikmalari kabi zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdalar.
Tanishtiruv darslari jadval bo‘yicha 17-oktyabr kuniga qadar davom etishi belgilangan. Tanishtiruv darslariga tashrif buyurgan talabalar guruhlarga biriktirilib kuniga ikki juftlikdan iborat dars mashg‘ulotlarida ikki kun davomida darslarda ishtirok etishlari nazarda tutilgan.
Uzoq hududlardan Institutning 1-kursiga o‘qishga qabul qilingan talabalarga qulayliklar yaratish bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarga (Toshkent viloyatidan tashqari) pedagog xodimlar xizmat safariga yuborilgan bo‘lib, talabalar o‘z viloyatida tegishli OTMlarda tanishtiruv mashg‘ulotlarida ishtirok etishlari mumkin. Hududlardan talabalikka qabul qilingan talabalar quyida keltirilgan ma’lumot asosida qaysi OTMda tanishtiruv mashg‘ulotlari olib borilishi hamda mas’ul pedagog xodim bilan bog‘lanib tanishtiruv darslari o‘tkaziladigan kuni va vaqti, shuningdek, to‘lov shartnomalarni olish tartibi, hujjatlarni topshirish va boshqa o‘quv jarayoni bilan bog‘liq ma’lumotlarni olishlari mumkin.

Qashqadaryo 
viloyati  
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti  
Mansurov M
+998981283328
Qoraqalpog‘iston Respublikasi  
Qoraqalpoq davlat universiteti  
Yuldashev S
+998933771867
Buxoro 
viloyati  
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti  
Shamsiyeva M
+998907105333
Samarqand 
viloyati  
Samarqand davlat chet tilar instituti  
Bozorbayev I
+998994044121
Jizzax 
viloyati  
Jizzax politexnika instituti  
Ubaydullayeva D
+998933945404
Sirdaryo 
viloyati  
Guliston davlat universiteti  
Berdanov E
+998945784260
Farg‘ona 
viloyati  
Farg‘ona davlat universiteti  
Xoldorov Sh
+998909572700
Xorazm 
viloyati  
Urganch davlat universiteti  
Axmedov J
+998946653634
Surxondaryo 
viloyati  
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali  
Ermatov Sh
+998919092530
Andijon va Namangan viloyatlari  
Namangan muhandislik-texnologiya instituti  
Madraximov Sh
+998941580027
Navoiy viloyati   
Navoiy davlat konchilik instituti  
Eshnazarov D
+998946272593




























Xurmatli talabalar an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan tanishtiruv darslarida faol qatnashishingiz, o‘zlaringni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha yetarlicha ma’lumot olishingizga barcha imkoniyatlarni yaratishga harakat qilayotgan institut rahbariyati va pedagog xodimlar Sizlarga masofaviy o‘qish jarayonida faol bo‘lishingizni tilaydi hamda pandemiya sharoitida karantin qoidalariga amal qilish esa har bir insonning hozirgi kundagi asosiy majburiyati ekanligini yana bir bor eslatib o‘tadi.
фильмы бесплатно





YOPISH