IXTISOSLASHTIRILGAN  KENGASH(LAR) 

2017 yil 27iyul 62-sonli О‘zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi buyrug‘iga asosan DSc27.06.2017.T.08.01 raqamli Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash quyidagi ixtisosliklar;
05.02.03 - Texnologik mashinalar, robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari;
05.06.01 - Tо‘qimachilik va yengil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi
05.06.02 - Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom-ashyoga dastlabki ishlov berish;
05.06.04 - Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni bо‘yicha ilmiy daraja beradi.
Kengash rasi t.f.d., professor B.O. Onorboyev.

KAFEDRALARARO SEMINAR O‘TKAZILDI

   2019 yil noyabr oyida tayanch doktorantura 2-bosqich doktorantlari  Yu.Kupalova va Z.Shodmonqulovlar, 2-bosqich mustaqil izlanuvchilari N.Nabiyev va M.Ochilovlarning dissertatsiya ishlari kafedralararo ilmiy seminarda muhokamasi o‘tkazildi va ixtisoslashtirilgan  ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar muhokamasiga tavsiya etildi.



   
    3 bosqich doktoranti (PhD) O.O.Rajapov va mustaqil izlanuvchi A.Daminovlarning disseratsiya ishi himoyasi OAK.uz saytida e’lon qilindi.

TAYANCH DOKTARANTURAGA QABUL

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlash  maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta  maxsus  ta’lim vazirligining  2019 yil 13 sentyabrdagi 87-03-3450-sonli xatiga asosan ajratilgan 2020 yil uchun tayanch doktoranturaga 8 ta o‘ringa 25 nafar talabgorlardan arizalar qabul qilindi.


SEMINAR-TRENING 

   2019 yil 5dekabrda “E-LINE Press” kompaniyasi tomonidan “Pro Quest” xalqaro ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.
   ProQutst Dissertations and Theses  bazasiga 1743 yildan boshlab bugungi kungacha 2,4 mln. (PDF) formatda  dissertatsiyalar to‘liq matni kiritilgan. AQSH Kongressi Kutubxonasining dissertatsiyalar fondidagi 34 tilda yozilgan 100 dan ortiq mamlakatlarning 3000 dan ziyod OTM va ITMlarida himoya qilingan dissertatsiya matnlari kiritilgan. 
Bular asosan dunyoning eng nufuzli OTM va ITMlarning mashhur olimlari, Nobel mukofoti lauriyatlari kabi ilmiy ishlar. Bazadagi ma’lumotlar avtorning roziligi bilan “ochiq”, “qisman ochiq” va “yopiq” (доступный, без боступа или частично доступный) shakllarda kiritilgan.   “E-LINE Press” kompaniyasi tomonidan Respublikamiz OTMga 2019 yil yakuniga qadar ProQutst Dissertations and Theses bazasidan foydalanish uchun test rejimi ochilgan bo‘lib  bazaga kirish imkoniyatlari yaratilgan. Bazaga quyidagi elektron manzil orqali https//:search.proquest.com kiriladi.

   Seminar – trening tinglovchilar tomonidan katta qiziqish, savol-javoblar bilan o‘tdi. 

“ILM YULDUZLARI”  KO‘RIK TANLOVI G‘OLIBASI

    “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” kafedrasining 1-bosqich tayanch doktoranti Xaqnazarova Oydin Dilmurodovna O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining “Olima ayollar” uyushmasi tomonidan 2019 yil 10 dekabr kuni o‘tkazilgan “Ilm yulduzlari” Respublika intelektual ko‘rik tanlovining shahar bosqichida g‘olib bo‘lib, Respublika bosqichiga yo‘l oldi.



фильмы бесплатно





YOPISH