Rahmatullinov Farruh Faridovich

   Axborot texnologiyalari markazi boshlig'i

   Telefon: 0-371-253-17-69
   Faks:       0-371-253-17-69
   Elektron pochta: ttesi_atm@edu.uz

   Qabul kunlari: Har kuni soat 9-00dan 17-00gacha
  • Bo'lim haqida

  • Faoliyat

Markaz o‘zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy hamda multimediya mahsulotlari va boshqa mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo‘yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va material-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi. Ko‘rsatiladigan xizmat va ish turlari bo‘yicha buyurtmachilar, hamda texnikaviy resurslarni va qurilmalarni yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida olib boradi. Markaz xo‘jalik subyektlari va fizik shaxslar buyurtmalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va TTYeSI Nizomida ko‘rsatilgan tartibda shartnoma asosida bajarishi mumkin. Markazning boshqa tashkilotlar, korxonalar, fizik va yuridik shaxslar bilan xo‘jalik faoliyati barcha sohalar bo‘yicha shartnoma asosidagi o‘zaro munosabatlar yordamida o‘rnatiladi. Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonuniga va TTYeSI Nizomiga zid bo‘lmasa, shartnoma predmetini, majburiyatlarni va xo‘jalik munosabatlarini boshqa shartlarini aniqlashda erkin tanlash huquqiga ega.


• O‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish;
O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazosini qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash;
Talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika hamda axborot texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish.

YOPISH