Garibyan Regina Ruslanovna

   Axborot-resurs markazi

   Telefon: 0-371-253-39-23
   Faks:       0-371-253-39-23
   Elektron pochta: regina_garibyan@mail.ru

   Qabul kunlari: Har kuni soat 9-00dan 17-00gacha
  • Bo'lim haqida

  • Faoliyat

Fundamental kutubxonaning tashkil topishi 1932 yil tashkil etilgan Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining tarixi bilan chambarchas bog’liq. O’tgan yillar mobaynida 500 kitobga ega bo’lgan kutubxona hozirda katta ma’naviy-ma’rifiy tashkilotga aylangan. 636000 nusxadagi kitob va 180 nomdagi jurnallar fondiga ega. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi № PQ-381-sonli “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish” to’g’risidagi qaroriga binoan TTYeSI kutubxonasi Axborot-resurs markazi (ARM) ga aylantirildi. ARM-yetakchi tuzilgan bo’linmalardan biridir. U o’quv jarayonini ta’minlashda, ilmiy-tadqiqot va institut tarbiyaviy ishida muhim rol o’ynaydi. Ahil mehnatsevar jamoa, ARM muvaffaqiyatlari va an’analarini saqlab qolib, ularni ko’paytirmoqda. ARM shtati 20 kishidan iborat. O’zini kelajagini jamoa, hamma kutubxona – bibliografik jarayonlarni to’liq avtomatlashtirish va keyinchalik yangi axborot texnologiyalarini joriy etish bilan bog’langan. ARM fondi universal va katta miqdorda ilmiy, o’quv, badiiy adabiyotlar, ensiklopediyalar, lug’atlar, qo’llanmalar, TTYeSI barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha axborot va bibliografik resurslar mavjud. Hozirgi kunda ARM 4000 dan ortiq kitobxonlarga va elektron resurslar bilan foydalanuvchilarga xizmat qiladi. Har kuni ARMga o’rtacha 400 ta kitobxon tashrif buyurib, yil mobaynida 450000 birlikda kitob beriladi. TTYeSI ARMda kitobxonlarga an’anaviy – kutubxona xizmatidan, axborot – kutubxona xizmat ko’rsatishga o’tish munosabati bilan shaxsiy axborot resurslar tashkil qilish bilan birga avtomatlashtirilgan kutubxona “ARMAT” dasturi o’rnatilgan. Ushbu dastur elektron katalogni kiritishga xizmat qiladi, yangi axborot texnologiyalar bazasida kutubxona jarayonlarini avtomatlashtiradi, kitobxonlarga xizmat ko’rsatish, statistik va boshqarish hisobotlar olib boriladi. ARM 1560,03 kv.m maydonga ega, asosiy o’quv binoning birinchi qavatida joylashgan. ARM hududida Wi-Fi zonasi faoliyat ko’rsatmoqda. ARMda foydalanuvchilar xizmatida 5 ta zal: o’quv zali, ilmiy zal, electron kutubxona zali, badiiy adabiyotlar zali, katalog zali mavjud, shuningdek, 2-sonli talabalar uyida o’z filialiga ega. Umumiy o’rindiq joylar-250 tani tashkil etadi. O’quv zali 160 o’tirish joyiga mo’ljallangan. Zal fondida foydalanuvchilarga o’quv, ilmiy, davriy nashrlar turlari bo’yicha adabiyotlar taqdim etilgan. Ilmiy zal foydalanuvchilariga ilmiy konferensiyalarning ma’ruza tezislari, davriy nashrlar, dissertasiyalar va avtoreferetlarni taqdim etadi. Dissertasiyalar fondida 1500 ga yaqin turlari mavjud. Avtoreferatlar esa 5500 dan ortiq nomlarda mavjud va turli MDH mamlakatlaridan yo’nalishlar bo’yicha keladi. Ilmiy o’quv zalida xorijiy adabiyotlar bo’limi joylashgan, u yerda ingliz, fransuz, italyan, nemis, turk tillarida adabiyotlar mavjud. Adabiyot o’quv, ilmiy va boshqalardan iborat. Tarjima qilish uchun lug’atlar, xorijiy jurnallar mavjud. Elektron o’quv zalida foydalanuvchilar ARM resurslari, elektron katalog bilan ishlash imkoniyatiga ega. Internet xizmatidan foydalanishadi. Institut professor-o’qituvchilari ARM elektron resurslarini to’ldirishda, elektron darsliklar, o’quv qo’llanmalar, prezentasiyalar, uslubiy ko’rsatmalar, shu jumladan, xorijiy tillarda faol ishtirok etadilar. Hozirgi kunda ARMda 5000 ortiq resurslar mavjud. Zal 25 o’ringa mo’ljallangan.

Badiiy adabiyotlar zalida foydalanuvchilar badiiy adabiyotlardan bemalol foydalanishadi. TTYeSI Axborot-resurs markazi uch asosiy bo’limlardan iborat.
Axborot-kutubxona resurslarini komplektlash, kataloglashtirish va sistemalashdan bo’limi
Bo’limda quyidagi ishlar olib boriladi:
- Fondni ma’lumotli nashrlar va badiiy adabiyotlar bilan komplektlash, o’quv-tarbiya va OTMni ilmiy-tadqiqot faoliyatini ta’minlash;
- ARM fondidan chiqib ketadigan va kirib keladigan hujjatlarni xisob-kitob qilish;
- Talabalarni darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlanganligini tahlil qilish;
- Fondni kataloglashtirish, hujjatlarni elektron-bibliografik tasvirlash;
- ARMAT elektron katalogiga adabiyotlarni kirgizish, to’liq matnli baza bilan elektron katalogni shakllantirish va mavjud adabiyotlarni skanerlash;
- Korporativ katalogda ishlash.
Ilmiy metodik va axborot-bibliografik bo’lim
- Ilmiy talablar bo’yicha foydalanuvchilarni yo’naltiradi va axborot beradi;
- Murakkab bibliografik ma’lumotlarni bajaradi (UDK, shifrlarni qo’yadi);
- Foydalanuvchilarga axborot manbalarini topishda maslahat beradi.
- Foydalanuvchilarga ilmiy ishlar, diplom va kurs ishlarini bajarishda va adabiyot tanlashda yordam beradi;
- Tavallud kunlarga bag’ishlangan mavzuli va kalendar ko’rgazmalarni tashkil etadi;
- “Axborot kunlari”ni o’tkazadi;
- Maqolalar kartotekasini va unstitut xizmatchilarini ilmiy ishlar kartotekasini sistematik ravishda olib boradi;
- “To’qimachi” gazetasiga obzor joylashtiradi.
Xizmat ko’rsatish va axborot-bibliografik resurslarni saqlash bo’limi Bo’limning asosiy vazifasi turli toifadagi foydalanuvchilarga ARMdan foydalanish, axborot talablari va qoidalariga binoan xizmat ko’rsatishdan iborat. Hozirgi kunda ARM ishida axborot-kutubxona xizmat ko’rsatishda institutni boshqaruvi, ilmiy, maorif jarayonlarida integratsiya muhim rol o’ynaydi. ARM OTM ma’muriyati, o’quv bo’limi, “Ma’naviy va ma’rifiy ishlar” bo’limi, kafedralar va boshqa OTMlarning ARMlari bilan integratsiya qiladi.

YOPISH