Askarov Mirxodji Askarovich – 1931 yilda tavallud topgan. Akademik Moskva texnologiya va yengil sanoat institutini tugallagan. 1957 yil nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1957-1958 yillar Toshkent politexnika institutida katta o’qituvchi lavozimida ishlagan.

1959-1962 yillar NIIXTSda laboratoriya mudiri lavozimida ishlagan. 1962-1964 yillarda Manchestr (Buyuk Britaniya) universititetiga malaka oshirishga yuborilgan. 1964-1967 yillarda NIIXTS dagi «Polimerlar sintezi» laboratoriyasida laboratoriya mudiri lavozimida ishlagan. 1967 yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1967-1972 yillarda Toshkent Politexnika institutida «Polimerlar muammosi» labaratoriyasida ilmiy rahbar, 1972-1982 yillarda O’zRFA institutida direktor, 1983-1988 yillarda TTESI ning «Nazariy kimyo» kafedrasi mudiri,

   1988-1992 yillarda O’zRFA PFK institutida direktor lavozimida ishlagan. 1993-yildan hozirgacha «Nazariy kimyo» va «TMKKTD» kafedrasida ilmiy maslaxatchi bo´lib ishlab kelmoqda. Asqarov M.A. raxbarligida 80 dan ortiq nomzodlik, 10 ga yaqin doktorlik dissertatsiyalari yoqlangan.  U 500 dan ortiq ilmiy maqolalar hammuallifi, 100 ta mualliflik guvohnomasi va 15 ta darsliklar chop etgan. «Ximicheskaya stabilizatsiya polimerov» (1974y.), «Regulirovaniye protsessa radikalnoy polimerizatsii» (1973y.), «Polimerizatsiya aminoalkilkrilatov» (1977y.), «Sintez ionogennix polimerov» (1978y.), «Sintez i polimerizatsiya itekanatov» (1979g.), «Ximiya sinteticheskix polimerov» (1965 y.), «Ximiya polimerov (1991g.), «Ximicheski aktivniye polimeri i oligomeri» (1993y.), “Ximiya i fizika polimerov» (2004y.), “Polimerlar kimyosi va fizikasi” (2004y.), “Modifikatsiya ximicheskix i prirodnix volokon” (2005y.). 2006 yili lotin alifbosida «Polimtrlar fizikasi va kimyosi» darsligini R.I.Ismoilov bilan hammualliflikda yaratdi.

Kafedra asoschilaridan biri akademik Asqarov Mirhoji Asqarovich institutimiz kimyoviy texnologiya sohasi uchun yangi mutaxassislik - "Kimyoviy tolalar texnologiyasi" bo'yicha muxandis-texnolog mutaxassislar tayyorlaydigan kafedra "Yuqori molekulyar birikmalar kimyoviy texnologiyasi" va uning qoshida shu sohaning ilm markazi - muammolar laboratoriyasini tashkil etishda faol ishtirok etgan olimlardan biri.  U kishining ishtirokida, yangi mutaxassislik bo'yicha mutaxassislar tayyorlashni tezlashtirish uchun, 1958 yili boshqa mutaxassisliklarda ta'lim olayotgan iqtidorli talabalardan tanlab olinib 3 kursdan (50 nafar talaba) o'qitish boshlangan. Bular ichidan keyinchalik shu kafedra o'qituvchisi sifatida faoliyat ko'rsatgan dotsentlar Xamraev A.L., Anastasovski T.V., ass. Yakubova N. va marhum professor Zokirov I.Z. bor edilar.

   Respublikada polimerlar ilmining rivojlanishiga katta xissa qo'shgan Mirhoji Asqarov institutimizda to'qimachilik kimyosi sohasiga yetuk mutaxassislar tayyorlashda va talabalarga chuqur bilim berishda yetakchilik qildi. 1983 yildan esa uning pedagogik va ilmiy faoliyati shu kafadra bilan bog’langan. Kafedrada va muammolar laboratoriyasida ilmiy izlanishlarni jadallashtirish, ayniqsa fan doktorlarini tayyorlashni yo'lga qo'yish maqsadida 1984 yili Mirhoji Asqarovich jamoamizning ilmiy rahbari etib tayinlandilar. Ularning ilmiy maslahatlari ostida institutimiz o'qituvchilaridan Timbekov E.X., Ergashev K. E., Ismoilov I.I., Rafikov A.S. lar doktorlik dissertatsiyalarini bajargan bo'lsalar, 20 dan ortiq yosh mutaxassislar ularning ilmiy rahbarligida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. U kishi chet davlatlarda, jumladan AQSh, Angliya, Fransiya, Ispaniya, Hindiston, Turkiya kabi ko’plab mamlakatlarda konferensiya va simpoziumlarda ham ma'ruzalar qilganlar.

   Hozirda ham akademik M.Asqarov talabalarga o’z bilimlarini berib, kafedramizning rivojiga hissalarini qo’shib kelmoqdalar.

фильмы бесплатно





YOPISH