Charm buyumlarini kontruktsiyalash va texnologiyasi kafedrasi
Kafedra mudiri: 
Mirzayev N.B. 
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Telefon: (0 371) 253 63 41
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 
5 uy, 5-bino
E-mail: 
chbtd@titli.uz
       KAFEDRA TARIXI

    “Charm buyumlarini konstruksiyalash texnologiyasi” kafedrasi 1969 yilda tashkil topgan. Tikuv texnologiyasi kafedrasini bo‘linishi  asosida tashkil topgan, ammo mutaxassislik 1961-yilda ochilgan (kechki o‘quv shakli asosida). Mazkur mutaxassislik bo‘yicha ilk bor birinchi diplom himoyalari 1967 yilda bo‘lgan. Kafedra tashkil topgan kundan to 1979 yilgacha  va 1988-1990 yillarda dots.S.H.Husnitdinov, dots. A.A.Haydarov (1979-1986, 1990-1994), dots. V.K.Makarichyeva (1986-1988), prof. S.S.Maksudov (1994-1996), prof. H.K.Tursunov (1996-2002, 2007-2008) kafedraga rahbarlik qilganlar. K.I.Abulniyozov (2002-2006, 2008-2010). A.A.Haydarov (2011). N.B.Mirzayev (2011). Akmal Toshev(2011-2018) t.f.f.d. dots. A.M. Djurayev (2018-2019) kafedraga rahbarlik qilgan  va hozirgi davrda N.B.Mirzayev rahbarlik qilmoqda. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari orasida "Charm buyumlarni konstruksiyalash  texnologiyasi" mutaxassisligi bo‘yicha tayanch kafedra hisoblanadi.

KAFEDRADA QUYIDAGI YO'NALISHLAR BO'YICHA MUTAXASSISLIKLAR TAYYORLANADI:

  BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI:

5320900 – "Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi" (charm va mo‘yna buyumlari) va (teri va mo‘ynaga ishlov berish) 
5321500  "Texnologiyalar va jixozlar" (charm va mo‘yna) va (poyabzal va charm-attorlik) 

  MAGISTRATURA MUTAHASSISLIGI:

5A320903 – “Charm va mo‘yna buyumlari texnologiyasi va konstruktsiyasini ishlash”
 
KAFEDRADA O'QITILADIGAN FANLAR:

  BAKALAVR YO'NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:

  • Antropologiya 3-kurs ant.pdf [147.96 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Poyabzal korxonalarini loyihalash 4-kurs pkl.pdf [895.8 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Charm buyumlarini ishlab chiqarish jihozlari 1,2-kurs chmbichj.pdf [466.21 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Charm buyumlarini loyihalashning avtomatlashtirilgan sistemasi 1,2-kurs chbla.pdf [517.4 Kb] (ko'chirishlar soni: 0) , 3-kurs chbla.pdf [262.47 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Charm buyumlari ishlab chiqarish jarayonlarining asoslari 1,2-kurs chbichja.pdf [625.35 Kb] (ko'chirishlar soni: 2) , 3-kurs chbichja.pdf [190.49 Kb] (ko'chirishlar soni: 2) , 4-kurs chbicha.pdf [354.21 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Charm buyumlari ishlab chiqarish jarayonlarini kimyolashtirish 1,2-kurs chbichjk.pdf [572.03 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Charm buyumlar teхnologiyasi 1,2-kurs chbt.pdf [1.09 Mb] (ko'chirishlar soni: 2) , 3-kurs chbt.pdf [422.07 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Charm buyumlarni konstruksiyalash 1,2-kurs chbk.pdf [583.55 Kb] (ko'chirishlar soni: 7) , 3-kurs chbk.pdf [516.94 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • O‘quv ustaхonasi 1,2-kurs ou.pdf [412.18 Kb] (ko'chirishlar soni: 0) , 3-kurs ou.pdf [121.42 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Charm va mo‘yna xom-ashyolariga dastlabki ishlov berish 1,2-kurs chmadib.pdf [408.68 Kb] (ko'chirishlar soni: 0) , 3-kurs chmadib.pdf [161.15 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Charm va mo‘yna jarayonlari apparatlari
  • Oqsillar texnologiyasi 1,2-kurs ot.pdf [346.68 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Tarmoq kimyoviy materiallari 1,2-kurs tkm.pdf [492.94 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Charm va mo‘ynani pardozlash 1,2-kurs chmp.pdf [386.52 Kb] (ko'chirishlar soni: 0) , 3-kurs chmp.pdf [514.92 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Charm va mo‘yna teхnologiyasi 1,2-kurs chmt.pdf [497.51 Kb] (ko'chirishlar soni: 0) , 3-kurs chmt.pdf [654.72 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • O‘quv laboratoriyasi

    MAGISTRATURA YO'NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:

  • Charm buyumlarini konstruksiyalash nazariyasi va hisobi chbknh.pdf [271.85 Kb] (ko'chirishlar soni: 2)
  • Charm buyumlari teхnologiyasi nazariy asoslari chbtna.pdf [289.33 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Charm va mo‘ynani badiiy pardozlash 
  • Charm va mo‘yna kimyoviy teхnologiyasi  chmkt.pdf [353.67 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Charm buyumlarini ishlab chiqarish korхonalarini loyihalash 
  • Charm va mo‘yna jarayonlarini apparatlari va agregatlari
  • Texnik nazorat va sifatni boshqarish tnsb.pdf [212.21 Kb] (ko'chirishlar soni: 2)

      KAFEDRA A'ZOLARI:


      KAFEDRA A'ZOLARI:
  • Mirzayev N.B. - texnika fanlari nomzodi, dotsent kafedra mudiri  m_n.pdf [481.2 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Qodirov T.J. - texnika fanlari doktori, professor 
  • Maksudova U.M. - texnika fanlari nomzodi, professor 
  • Toshev A.Y. - texnika fanlari nomzodi, dotsent  t_a.pdf [448.14 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Xaydarov A.A. - texnika fanlari nomzodi, dotsent 
  • Jurayev A.M. - texnika fanlari doktori, dotsent  j_a.pdf [346.6 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Begaliyev X.X. - texnika fanlari nomzodi, dotsent  b_x.pdf [194.12 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Ilxamova M.U. - texnika fanlari doktori, dotsent 
  • Pazilova D.Z. – katta o’qituvchi  p_d.pdf [233.36 Kb] (ko'chirishlar soni: 2)
  • Shamsiyeva M.B. - texnika fanlari doktori, dotsent 
  • Tursunova D.K. – doktorant  t_d.pdf [255.09 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Axmadov X.N.  – doktorant  a_h.pdf [511 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Axmedov J.Z. – assistent  a_j.pdf [226.77 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Ulug‘murodov J.F. –assistent  u_j.pdf [299 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Maksudova D.T. – assistent  m_d.pdf [294.98 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Irisova Z.R. – assistent 
  • Ismatullayev I.N. – assistent  i_i.pdf [1.51 Mb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Allayarov T.B. – assistent 
  • Hamitov A. – assistent  x_a.pdf [195.17 Kb] (ko'chirishlar soni: 0)
  • Xabirova F. – laborant
  • Po’latov T.A. – o'quv ustasi
  • Sodiqov N. – kabinet mudiri  s_n.pdf [223.34 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
KAFEDRANING O'QUV VA LABORATORIYA BAZASI:

   Zamonaviy ishlab chiqarish talablariga javob beradigan loyihalashning ilg‘or usullarini mukammal biladigan mutaxassislarni tayyorlash maqsadida kafedrada Buyuk Britaniyaning “Crispin” poyabzalni avtomatik loyihalashtirish sistemasi bilan jihozlangan CAD/CAM laboratoriyasi mavjud. Kafedrada davlat grantlari asosida barpo etilgan o‘quv laboratoriyasi mavjud bo‘lib, bu laboratoriyada professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishadi. Talabalarning nazariy olgan bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash uchun kafedra qoshida “Workmanship” ishlab chiqarish laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada o‘qish davomida poyabzal va charm attorlik mahsulotlarini loyihalashning zamonaviy uslublari, ularni badiiy bezash va ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rganadilar.
         
KAFEDRANING INNOVATSION HAMKORLIK ALOQALARI:

   Jadal sur’at bilan rivojlanayotgan yengil sanoat korxonalari professor-o‘qituvchilarni tinmay ilmiy va uslubiy salohiyatini, malakasini oshirishga majbur etmoqda. Kafedra a'zolari  Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Belgiya, Gresiya,  Germaniya, Buyuk Britaniya, Qirgiziston, Qozog‘istonning turdosh oliy o‘quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o‘rnatgan, doimiy ilmiy nashrlar bilan almashuv o‘rnatgan, mazkur OO‘Yuga professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish uchun yuboriladi, stajirovkaga, ilmiy-amaliy va uslubiy konferensiya va seminarlarda qatnashadilar.
1. Sankt- Peterburg texnologiya va dizayn davlat universiteti. 
2. Rossiya davlat universiteti. 
3. Vitebsk davlat texnika universiteti.
4. Rossiya sirtqi yengil sanoat texnologiyasi instituti. 
5. Don davlat texnika universiteti.
6. O‘zbek- Qirgiz universiteti,  Osh shahri.  
7. Manchester Metropoliten Universiteti. 
8. Janubiy Rossiya iqtisodiyot va servis davlat instituti.
9. Kostroma texnologiya va dizayn davlat universiteti. 
10. Taraz texnologiya universiteti, Qozoqiston. 
11. Ivanovo to‘qimachilikakademiyasi.
12. Xitoy charm poyabzal ilmiy-tadqiqot instituti.
13. Buхoro muhandislik-texnologiya instituti. 
14. Jizzax politexnika instituti. 
15. Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Mustaqil respublikamizda yengil sanoatga kirib kelayotgan yangi texnologiya va jihozlar kafedraning professor-o‘qituvchilardan dolzarb bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borishga undamoqda. Charm buyumlar texnika va texnologiyasi muammolari bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, kafedrada o‘tgan yillar davrda Davlat byudjeti asosida bir necha million so‘m miqdorida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Ilmiy izlanishlar natijasida qator maqolalar chop etildi va ixtirolar uchun guvohnomalar olindi. Kafedrada hozirgi kunda Davlat byudjeti tomonidan mablag‘langan 4 ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilmoqda. Kafedra Respublikamizning bir qator poyabzal ishlab chiqarish qo‘shma korxonalarida "Nafis" Respublika poyabzal modellar uyida, "Poyabzalchi", “Charm-attor”, “Ulkan-Laziz”, ‘Osiyo charm fayz” MChJ, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi qoshidigi “Charm poyabzal dizayn markazi” va bir qator kichik korxonalar bilan innovatsion hamkorlik ish olib boradi. 
фильмы бесплатно





YOPISH