DONO FIKRLAR
Yomonlikni aslo aylama odat,
Ozga qanoat qil, ochlikka toqat.

Baland saroy qurib qilgandan obod,
Yaxshidir bir g‘arib dilin qilsang shod.

Kimki to‘g‘rilikni o‘ylamas dildan,
Nafratga sazovor ul kishi chindan.

Xudo ne’matlarin oliysi idrok,
Aqlni vasf etar, kimki dili pok.

Aql yo‘l ko‘rsatib, dilni etar shod,
Har ikki olamda aqlli obod.

Agar aqli xira bo‘lsa har inson,
Shodlikka erisha olmas bir zamon.

Gar aqlin rahnamo qilolmas kishi,
Dilin o‘rtar uning qilgan har ishi.

Aql ulug‘likka etadi payvand,
Aqlsizning doim oyog‘ida band.

Aql dil ko‘zi-ku, fahmiga yetsang,
Yaxshimas jahondan ko‘r o‘tib ketsang.

Hamisha aqlingni rahnamo etgil,
Noloyiq ishlardan olisroq ketgil.

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shunda bilursankim, ilm bepoyon.

Jahonda hech ish yo‘q bo‘lmasin tadbir.

Yovni kichik bilib, kutma omonlik,
Kuning bitar, taqdir qilsa yomonlik.

Jahonni bermaylik, keling, yomonga,
Barchani boshlaylik yaxshi tomonga.

Yaxshi ham, yomon ham qolmas poydor,
Yaxshisi “yaxshilik qolsin yodgor”.

Har qachon yangi yo‘l tanlarkan kishi,
Ta’na-malomatlar eshitmoq ishi.

Jahonda qoldirsak agar yaxshi nom,
Bizdan so‘ng faqat shul etadir davom.

Yomonlikni kimki qilibdur odat,
Bu dunyoda nomi o‘char oqibat.

Nima eksang o‘sha tushar o‘roqqa,
Nima desang shu so‘z inar quloqqa.

Olamda dard yo‘qki, bo‘lmasin darmon.

Jahon boshdan-oyoq hikmat-ku, hikmat,
Nechun g‘aflat bo‘lmish bizlarga qismat.

Taqdir yomonliqni ko‘rganda ravo,
Saboq ol, undan ham yog‘ilsin ziyo.
Abulqosim Firdavsiy



“Ba’zan xayol olib ketadi. O‘tgan yo‘llaringga, bosgan izlaringgga qaraysan. Kimlar yurgan yo‘llardan kelding, kimlar bosgan izlarni bosding, hamma hammasini ko‘rasan. Yorqin umidlar bilan yo‘lga otlangan hamrohlaring qani, deb o‘zimdan so‘rayman. Ularning ko‘pi endi yo‘q. Manzilga yetolmay, juda tiniq, juda shaffof umidlarini o‘zlari bilan olib yo‘qlik deb atalmish mangulikka ketadilar” S. Ahmad 


Olamda eng avval inson aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir. Aql yana uch qo‘riqchi: til, ko‘z, quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali qalbga kirib boradi Z.Firdavsiy
Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi. A.Qahhor
“Ma’naviy qashshoq odamni xohlagan tomonga boshqarsa bo‘ladi, chunki unga istalgan sarobni ko‘rsatib, uni obi hayot deb ishontirsa bo‘ladi” “Otalar so’zi”
Kishining qalbi uning qilgan ishlarida aks etadi G.Ibsen

Bilim odamning ijodiy maqsadlariga xizmat etmog‘i lozim. Bilim orttirishning o‘zi kifoya emas, uni iloji boricha keng yoymoq va hayotga tatbiq etmoq zarur  Rubakin


Hayot uyqudir, o‘limla uyg‘onur inson. Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on Jaloliddin Rumiy


Men besh yoshligimda onam doimo aytardilar, baxt — bu hayotda eng muhimi. Maktabga borganimda, mendan katta bo‘lganimda kim bo‘lmoqchiligimni so‘rashdi. Men shunday yozdim: “Baxtli inson bo‘lmoqchiman”. Keyin menga savolni tushunmaganimni aytishdi, men esa ular hayotni tushunmasliklarini aytib javob qildim Jon Lennon


Hayot insonga zahmatsiz hech narsa bermaydi Xoratius


Inson hayotida ikki ahamiyatli kun bor: 1. Dunyoga kelgan kuni, 2. Nima uchun bu dunyoga kelganini anglagan kuni  Mark Tven


Inson hayoti temirga o‘xshashdir. Uni ishga solganingda, u sayqallashadi, uni ishlatmay qo‘ysang-chi, zang yeb qo‘yadi   Katon


O‘zingiz o‘rganing! Hayot o‘rgatishini kutmang Yuriy Nikulin


Tajribalar - bizning abadiy hayot muallimimiz Gyote


Dushmanlaring bormi? Bu yaxshi. Bu hayotda nima uchundir kurashayotganingni anglatadi  Uinston Cherchill


Hamma dunyoni o‘zgartirishga harakat qiladi, lekin hech kim o‘zini o‘zgartirish haqida o‘ylamaydi Lev Tolstoy


Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va harakat  Jaloliddin Rumiy


Ko‘ngul mahzanining qulfi til va ul mahzanning kalitin so‘z bil. Alisher Navoiy
Ilm insoniyat gavharidir. Mirzo Bedil
Ko‘z bilan ko‘rgan eshitgandan afzalroqdir. Abu Rayhon Beruniy
Hayot zavqini va lazzatini istasangiz, hayotingizni iymon ila hayotlantiringiz, farzand ila ziynatlantiringiz, haromlardan saqlanish ila muhofaza etingiz. Badiuzzamon
Odamning umri avvalida qilgan ishlari umrining oxiridagi ishlariga ham dalolatdir. Abulqosim az-Zamaxshariy
Ruh va nafs Majnun va uning tuyasi kabi bo‘lib, biri olg‘a, ikkinchisi orqaga ketishni istaydi. Jaloliddin Rumiy
Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas,
Qo‘lingdan kelgancha tera olsang bas. Abu Abdullo Rudakiy
Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir. A.Beruniy 
O‘quv qunt beradi, bilim - sharaf-shon,
Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson. Yusuf Xos Hojib

Jahonda bo‘lmasa muallim agar,
Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar. Abdurahmon Jomiy
Umrni zoya etma, mehnat qil,
Mehnatni saodatning kaliti bil. Alisher Navoiy
O‘z yurtingda xalq ichida xizmatda bo‘l,
Hushyor bo‘l, o‘sal bo‘lma, sezgir bo‘l. Yusuf Xos Hojib
Odamda bo‘lsa gar yaxshi tilak,
Xalq uchun tebratgusi doim bilak. Anbar OTIN
Ilm - narsalarni inson aqli yordami bilan o‘rganishlikdir. Abu Ali ibn Sino
Eshitishimcha meni g‘iybat qilibsan, yuzimga aytishdan qochibsan. Mendek bir ojizdan qo‘rqibsan-u Allohdan qo‘rqmabsan. Jaloliddin Rumiy 
Aql va adolatning yorug‘ kunduzini, zulm va jaholatning qora tunini hech bir ilm tarix kabi ravshan ko‘rsata olmagan!  A.Navoiy
Inson ruhi uchun haqiqiy zavq mutolaadir!  A.Navoiy
Vaqtida ogohlantirmoq - do‘stlarning ishi!   A.Navoiy
Ruh - shamchiroqqa, bilim - ana shu shamchiroqdan taralayotgan yog‘duga, Allohning zakosi - moyga o‘xshaydi. Shamchiroq yonishdan to‘xtamas ekan - sentiriksan.
 Agar u o‘chsa - sen halok bo‘lasan!   
Abu Ali Ibn Sino

Ustod debdir: - Bilimni ona qornidan olib tushmaganman; O‘tmish qonimda-yu, o‘qishdan to‘xtamasman!KONFUSIY  
Tarbiya ta’limdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga yetkazadi! G.SPENSER        
Inson ixtiro qilgan eng samarali texnologik mexanizm - bu kitobdir! NORTROP FRAY 
Qilmoqchi bo‘lgan ishlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror ishni qilmaslikka so‘z berar ekanlar, yaqiniga ham yo‘lamasinlar. Xotirdan chiqmasinkim, Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi! Amir Temur
Til - shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa - tilning ofatidir! A.Navoiy   
Tiliga hokim bo‘lmagan insondan - do‘st, ko‘ziga hokim bo‘lmagan insondan - yor bo‘lmas! J.RUMIY
O‘qishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir!  ALI IBN ABU TOLIB 

- Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi. Yoshlik. Sog’lik. Tinchlik.

- Yo‘lda ketayotib “tepalikka” chiqayotkaningda odamlar bilan muloyim muomila qilgin. chunki pastga tushayotganingda ham ularga ro‘para bo‘lasan.

- Ba’zilar “halol va harom” deganda “ yeb-ichish mumkin bo’lgan va yeb-ichish mumkin bo’lmagan” narsani anglaydilar... yuzaki tushuncha! Aslida bu- “qilish mumkin bo’lgan va qilish mumkin bo’lmagan” amallar degani hamdir…
Bilasiz: non eng tabarruk ne’mat. Biroq nopok yo’l bilan topilgan non ham harom!
“Noningni halollab ye”, degan gap bejiz aytilmagan.

- Kimdir ne’matlar bilan sinaladi, toki, shukrini ado etsin. 
Kimdir mashaqqatu musibatlar bilan sinaladi, toki, sabrini ko'rsata olsin... 

Imom G’azzoliy

- Yomon insonni yaxshi deb ming marta aldansangiz mayli. Ammo yaxshi insonni yomon deb bir marta  ham adashmang.

-“Hurmatdan buyukroq muhabbat yo'qdir” - Muhammad (s.a.v)

- Bilmadim. Ehtimol odamzod farishta bo'lib tug'ilsa-tug'ilar. Ammo bir umr farishta bo‘lib yasholmaydi. Hech kim! Hech kim farishta emas. Faqat o'zini oppoq qilib ko'rsatgisi keladi. Ming  uringani bilan farishta bo‘lolmaydi. Yo‘lidan shunaqangi shaytonlar kesib chiqadiki, gunohga botganini o‘zi ham sezmay qoladi.
O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi“


- Har qancha ajoyib va buyuk bo'lmagin, hamma odamlar seni birdek yaxshi ko‘rishi amri maholdir. 
Najib Mahfuz


- Sekinlikdan qo'rqma, to'xtab qolishdan qo'rq"
Xitoy xalq maqoli


- Inson o‘z kuchiga ishongan joydagina, biror narsaga erisha olishi tayin.
фильмы бесплатно





YOPISH