Fizika va elektrotexnika kafedrasi
Kafedra mudiri: M.A.Alimov
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Telefon: (99) 877-99-43
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 
5 uy, 1-bino
E-mail: 
fizika@titli.uz
       KAFEDRA TARIXI

    Fizika kafedrasi 1933 yil tashkil qilingan bo’lib, uni S.V.Starodubtsev (keyinchalik akademik, O’zbekiston FA prezidenti), U.O.Oripov (keyinchalik akademik, O’zbekiston FA prezidenti), M.X.Xolmatov (texnika fanlari doktori, professor, xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi) va boshqalar boshqarganlar. Kafedradagi ilmiy ishlari tufayli M.X.Xolmatov doktorlik dissertatsiyasini, Yu.Yu.Yunusov, M.A.Parmankulov, X.M.Kasimov, O.D.Raximjonova, X.U.Dadaxodjayev, M.A.Fattaxov, B.I.Islamovlar nomzodlik dissertatsiyasini yoqladilar.  1988-1998 va  2004–2010  yillarda – dotsent X.I.Isayev kafedra mudiri bo’lib ishladi. 2011-2012 o’quv yilida "Kimyo" va "Fizika" kafedralari "Tabiiy fanlar" kafedrasi qilib birlashtirildi va kafedra mudiri qilib dotsent Sh.I.Karimov tayinlandi. 2013-2014 o’quv yilidan "Tabiiy fanlar" va "Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish"  kafedralaridan "Fizika va elektrotexnika" kafedrasi ajralib chiqdi va kafedra mudiri qilib f.m.f.n. B.E.Turayev tayinlandi. 2014-2015 o’quv yilidan gidravlika, issiqlik texnikasi, texnik termodinamika fanlari qo’shildi. 2017-2019 o`quv yilida kafedrani A.N.Ulukmuradov boshqargan. 2019 o`quv yilidan kafedrani M.A.Alimov boshqarib kelmoqda. “Fizika va elektrotexnika” kafedrasi professor o’qituvchilarining oliy ta’lim va akademik litsey va kasb-hunar ta’limi kollejlari uchun chiqargan kitoblari: M.A.Fattaxov va boshq. "Fizika" III-qism, Akademik litseylar uchun ma’ruzalar matni, 2001 y, B.To’rayev. X.Isayev. G.Akbarova "Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi’" 2017 yil A.N.Ulukmuradov, B.E.To’rayev, I.A.Yadgarov, J.M.Haqqulov "Issiqlik texnikasi" o’quv uslubiy majmualar chop etgan.

KAFEDRADA O'QITILADIGAN FANLAR:

    BAKALAVR YO'NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:

  • Fizika 1-kurs fiz.pdf [388.96 Kb] (ko'chirishlar soni: 5) , 2-kurs fiz.pdf [1.13 Mb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Elektrotexnika va elektronika 1-kurs ete.pdf [346.65 Kb] (ko'chirishlar soni: 3) , 2-kurs ete.pdf [622.97 Kb] (ko'chirishlar soni: 5) , 3-kurs ete.pdf [557.47 Kb] (ko'chirishlar soni: 2) , 4-kurs ete.pdf [284.15 Kb] (ko'chirishlar soni: 2)
  • Elektrotexnikaning nazariy asoslari
  • Gidravlika, gidravlik mashinalar 
  • Issiqlik texnikasi 3-kurs git.pdf [865.4 Kb] (ko'chirishlar soni: 1) ,4-kurs git.pdf [863.35 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Termodinamika asoslari
   
      KAFEDRA A'ZOLARI:

  • Alimov M.A. - kafedra mudiri  a_m.pdf [208.43 Kb] (ko'chirishlar soni: 7)
  • Isayev X. - fizika matematika fanlari nomzodi, dotsent  i_x.pdf [458.25 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Fattaxov M.A. - texnika fanlari nomzodi, dotsent 
  • Saipov A.S. - fizika matematika fanlari nomzodi, dotsent  s_a.pdf [146.2 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Tojiboyev P. A. - fizika matematika fanlari nomzodi, dotsent  t_p.pdf [158.25 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Boymuratov F.T. - katta o’qituvchi  b_f.pdf [523.46 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Mamayeva D.A. - katta o’qituvchi  m_d.pdf [444.47 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Xolmatov A.A. - katta o’qituvchi  x_a.pdf [705.83 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Adilova A.Sh. - katta o’qituvchi  a_a.pdf [455.27 Kb] (ko'chirishlar soni: 2)
  • Haqqulov J.M. - assistent 
  • O'rozaliyev R.T. - assistent  o_r.pdf [124.87 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • O’ljayev O’.B. - assistent  o_o.pdf [347.63 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Bozorbayev I.I. - assistent 
  • To’rayev F.F. - assistent  t_f.pdf [307.36 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Doliyev A.T. - assistent  d_a.pdf [501.64 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Abdullayev O.S. - assistent  a_o.pdf [442.97 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Sharipov Sh.M. - assistent  sh_sh.pdf [274.8 Kb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Ulukmuradov A.N.- katta o’qituvchi  u_a.pdf [1.39 Mb] (ko'chirishlar soni: 1)
  • Yadgarov I.J. -  fizika matematika fanlari nomzodi 
  • Kurbonova T.B.  - laboratoriya mudiri
  • Raximov A.U.  -  laborant
  • Qarshiyeva F.E. - laborant
  • Mirzatullayeva M.X. laborant
KAFEDRANING O'QUV VA LABORATORIYA BAZASI:

   Tajribali o’qituvchilar boshchiligida talabalar mustaqil ravishda laboratoriya ishlarini bajaradilar. Kafedra o’qituvchilari tomonidan ma’ruzalarini innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilib (Microsoft Power Point dasturida taqdimotlar), hamda laboratoriya mashg’ulotlarini yangi pedagogik texnologiyalar (aqliy hujum usuli, klaster usuli va boshqalar) bilan o’tkaziladi. 

KAFEDRANING INNOVATSION HAMKORLIK ALOQALARI:

    "Fizika va elektrotexnika" kafedrasi M.Ulug’bek nomidagi Milliy Universitet (prof. M.Kurbanov, prof. K.Tursunmetov), Toshkent Davlat Texnika Universiteti (prof. K.Bahodirxanov), Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti “Fizika” kafedralari, Farg’ona politexnika institutining “Elektrotexnika, elektromexanika va elektro-texnologiya” kafedrasi (L.Mamadalieva), Termez Davlat Pedagogika Universiteti fizika fakulteti (akademik N.Yu.To’rayev) Toshkent temir yо‘l muhandislari instituti “Temir yо‘llar elektr taminoti” kafedrasi (prof.Amirov S.F., dotsent M.Bozorov), Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti “Fizika va kimyo” kafedrasi (dotsent B.X.Islomov) lar bilan hamkorlik ishlari olib boriladi. Bundan tashqari IIChB “Quyosh-fizikasi”, yarim o’tkazgichli quyosh batareyalari laboratoriyasi, (f.m.f.d. M.Tursunov), hamda AO “O’z paxta sanoat” ga tegishli Toshkent viloyatidagi bir qancha paxta tozalash zavodlari bilan ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi.


 

фильмы бесплатно





YOPISH